Bloomberg: Sukerbergning Facebook sahifasini o‘ndan ortiq xodim yuritadi

Bloomberg: Sukerbergning Facebook sahifasini o‘ndan ortiq xodim yuritadi

Bloomberg nashrining yozishicha, Facebook  kompaniyasida Mark Sukerbergning ushbu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini yuritish bilan shug‘ullanadigan o‘ntadan ortiq kishi mehnat qiladi.

Jamoaning bir qismi Sukerbergga shaxsiy sahifa uchun nutq va postlar tayyorlashga ko‘maklashadi, yana o‘ntadan ortiq xodimlar kompaniya rahbari sahifasiga keladigan spam va haqoratli izohlarni o‘chirish bilan band, deb yozadi nashr.

Shuningdek, xususiy fotograflar Sukerbergni yugurish va boshqa mashg‘ulotlar paytida suratga olishga jalb etilgan. Ular orasida The Washington Post fotografi Charlz Ommani ham bor.

Jamoa Facebook rahbari uchun ijtimoiy tarmoq kayfiyatiga uyg‘un imij yaratishga xizmat qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.