Bluboo S3 past ketmaydi: iPhone X va Galaxy S8 raqobat maydoniga chaqirildi

  •   Saroy
  •  1993
  •  08.06.2018 17:24

Bluboo S3 past ketmaydi: iPhone X va Galaxy S8 raqobat maydoniga chaqirildi

Ikki oycha burun kuchli 8500 mAch batareyasi bilan umriboqiy - smartfon Bluboo S3 savdoga chiqarilgan edi. Yaqin kunlarda uning dasturiy ta’minoti yangilanadi va mustaqil ishlash qobiliyati yanada ortadi, qolaversa, boshqa yangiliklarga ham ega bo‘ladi. Bluboo yangi proshivkali apparatini Apple va Samsung’ning mashhur flagmanlari  iPhone X va Galaxy S8 bilan tenglashtirmoqda.

Testning o‘zi ikki qismga bo‘lingan. Dastab, kompaniya mutaxassislari quvvatlantirgichning tezligini ko‘zdan kechirdi. 8500 mAch batareyali to‘liq ekranli Bluboo S3 12V/2A standartidan foydalanadi.  iPhone X (2800 mAch) va Galaxy S8 (3000 mAch)ni   5V/2A da quvvatlantiruvchi qurilmaga qo‘shishdi. Ikki soat o‘tgandan keyin Blueboo 91foizga quvvatlandi, Samsung flagmani 100 foiz quvvatlanishga ulgurdi, iPhone X esa kamtarona ko‘rsatkichni qayd etdi, ya’ni 79 foizga quvvatlandi.

O‘QING: Samsung Galaxy S9: “kambag‘allar uchun” smartfon

Test davomida Bluboo S3’ 91 foizlik zaryadi bilan video ko‘rish rejimida qariyb, 19 soat ishladi. Yuz foiz quvvatlangan Samsung Galaxy S8’dan qariyb ikki barobar ko‘proq, chunki Samsung Galaxy S8 10 soatu 45 daqiqada «uxlay boshlagandi». iPhone X ‘ni esa,  qiynamaslikka qaror qilishdi.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga qaraganda, Bluboo S3 uchun yangilanish hozirda  Google’ning  GMS sertifikatsiyasidan o‘tmoqda, iyun oyining oxirgi o‘n kunliklarida “havo orqali” foydalanuvchilarning qurilmalariga uchib keladi.

Hozirda smartfon buyurtma uchun 169.99 dollarga baholangan, 30 dollarga arzonlashgan deyiladi ushbu xbarda.

O‘QING: Eng zo‘r – 6,5 dyuymlik iPhone X Plus smartfonini ilk bor videoda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!