Bluenero: ilk aqlli akvarium namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  725
  •  06.09.2018 13:11

Bluenero: ilk aqlli akvarium namoyish qilindi

Yuqori texnologiya oddiy akvariumlargacha yetib bordi. Endi ular ham haqiqiy gadjetga aylanadi.  Bluenero oddiy akvariumga o‘xshaydi, amma unda butun boshli funksiyalar to‘plami yashiringan.

Birinchi navbatda Bluenero akvariumi suvni tozalashning avtomatik tizimi bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, suvning tuz va kislotaligi darajasini kuzatib boruvchi datchiklar ham bor. Yemak ham maxsus bo‘lmaga solib qo‘yiladi va jadval bo‘yicha suvga tashlanadi.

O‘qing:Tim Kuk Apple’da nega innovatsiya yo‘qligiga tushuntirish berdi

Akvariumda smartfonlardagi ilovalarga ulanish uchun Bluetooth va Wi-Fi mavjud. Uning yordamida suv holatini nazorat qilish, nur taratish tizimini to‘g‘rilab turish mumkin. Baliqchalari haqida qattiq qayg‘uradiganlar uchun akvariumda kamera bor, ularni  masofadan turib kuzatib turish mumkin.

O‘QING:Google'dan "issiqqina" PixelBook'ni qarshi oling

 «Aqlli» akvariumning 60 litrligi 399 dollar, 100 litrligi esa 549 dollar turadi. Akvariumlar kelasi yilning sentyabr oylarida sotuvga chiqariladi.

Mazkur  Bluenero loyihasini IndieGoGo maydonchasida endi  ishga tushirishdi. Hozircha mo‘ljallangan 25 ming dollarning 13 ming dollari yig‘ildi, ammo fondni shakllantirishning oxirgi muhlatigacha yana bir oy bor.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!