Bosh prokuratura IT-mutaxassislarni oylik maoshi 5 million so‘mdan oshiq bo‘lgan ishga taklif qilmoqda

  •   DiMaX
  •  3690
  •  14.05.2018 16:03

Bosh prokuratura IT-mutaxassislarni oylik maoshi 5 million so‘mdan oshiq bo‘lgan ishga taklif qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasidagi bir nechta vakant o‘rinlarga ishga taklif etmoqda. Bu haqdagi e’lon Bosh prokuratura saytida nashr etilgan.

Xabarga ko‘ra, quyidagi lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan:

  • dasturlovchi;
  • ma’lumotlar bazasi administratori;
  • korporativ tarmoq administratori;
  • texnik hujjatlashtirish bo‘yicha muhandis;
  • veb-dizayner;
  • axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis.

Ta’kidlanishicha, ushbu lavozimlar uchun oylik ish haqi 5 million so‘m va undan ortiqni tashkil qiladi. Boshqarma xodimlariga prokuratura xodimlari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza choralari qo‘llaniladi.

Hujjatlar 20 maydan 30 mayga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishish va vakansiyalar bo‘yicha ma’lumot olish uchun ushbu havola bo‘yicha e’lon sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Shuningdek, 0-371-233-74-57 raqami hamda [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat etishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zi talaba. Yana talaba-dasturchilarga 4 million so‘mdan oylik beradi