Bosh prokuratura Telegram’da o‘z rasmiy kanalini ochdi

  •   DiMaX
  •  1708
  •  22.06.2018 19:34

Bosh prokuratura Telegram’da o‘z rasmiy kanalini ochdi

O‘zbekiston Respublikasida davlat idoralari faoliyatining shaffofligini ta’minlash, ularning xalq bilan o‘zaro muloqotini yanada yaxshilash ishlari jadallashmoqda. Jumladan, ko‘plab mas’ul shaxslarning, idoralarning ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari va messenjerlarda kanallari faoliyat yuritmoqda.

O‘QING: AKT vazirining sahifasi Facebook'dan rasmiy maqom oldi

Shuningdek, endi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ham Telegram messenjerida o‘zining «Prokuratura.uz» rasmiy kanalini ishga tushirdi. Unga a’zo bo‘lish uchun messenjerda @uzbprokuratura nikini izlashingiz yoki shu yerdanoq https://t.me/uzbprokuratura havolasi orqali o‘tishingiz mumkin.

Mazkur Telegram-kanalda Bosh prokuratura faoliyatiga oid xabarlar o‘zbek va rus tillarida berib borilmoqda. Shuningdek, batafsil xabarlar http://telegra.ph platformasida alohida nashr etib borilayotganini ham alohida ta’kidlash o‘rinli.

O‘QING: Portalning 500 000-foydalanuvchisiga maxsus sovg‘a bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!