Boshlandi: Galaxy S23 haqidagi ilk ma’lumotlar tarqatildi

Boshlandi: Galaxy S23 haqidagi ilk ma’lumotlar tarqatildi

Samsung kompaniyasi o‘tgan oyda o‘zining Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilgan edi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar yangi avlod flagmanlarini "olsammikin-olmasammikin" deb o‘ylab yurgan bir vaqtda, insayderlar Galaxy S23 haqidagi ilk ma’lumotlarni tarqatishdi.

Albatta, smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yangi telefon taqdim qilganlaridan so‘ng, undan keyingisining ustida ishlashni boshlab yuboradilar va ko‘pincha bunday yangi loyihalar sirli kod nomlari ostida olib boriladi. Taniqli insayder, DSCC (Display Supply Chain Consultants) bosh direktori Ross Young o‘z Twitter sahifasida xabar berishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi "Project Diamon" kod nomli loyiha ustida ishlamoqda va avvalroq ushbu nom ostida Samsung uchinchi xil yig‘iladigan smartfon bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Lekin Rossning aytishicha, bu yig‘iluvchi flagman uchun emas, balki Galaxy S23 uchun ichki kod nomi hisoblanadi.

Odatda bunday ichki kod nomlar yangi smartfonlarning xususiyatlariga ishora qiladi va "diamond" - "olmos" dunyodagi eng qattiq elementlardan biri ekanligini hisobga olsak, Samsung keyingi yilgi yuqori darajadagi smartfonlarining mustahkamligi va chidamliligi ustida ishlayotgan bo‘lishi mumkin.

Agar Project Diamond haqiqatdan ham Galaxy S23 bo‘lsa, biz shu yilning kuz faslida Samsung'dan boshqa xildagi yig‘iladigan smartfon ko‘rmasligimiz mumkin, chunki avvalgi mish-mishlar bu yig‘iladigan smartfon ekanligini tasdiqlayotgan edi. Lekin kompaniya o‘zining yangicha qatlanadigan smartfonini boshqa kod nomi ostida ham yaratayotgan bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Samsung yangi buklanuvchi smartfon ishlab chiqarishi mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.