Boshqa IT-magnat bir sutka davomida "jahonning eng boy kishisi" bo‘ldi

Boshqa IT-magnat bir sutka davomida

Bloomberg hamda Forbes nashrlarining ma’lum qilishicha, Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos $92.3 milliard dollar mablag‘ bilan 1 kecha-kunduz davomida "jahonning eng boy kishisi" degan maqomni ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi. Bu nufuzli maqom bir sutkadan so‘ng yana Microsoft asoschisi,  $90.8 milliard dollar sohibi Bill Geyts ixtiyoriga o‘tgan.

27 iyulda 2017 yilning 2-choragi bo‘yicha hisobotlari e’lon qilingach, Amazon aksiyalarining NASDAQ birjasidagi bahosi 3 foizga arzonlashadi va Bezos sayyoramizning eng boy kishilari reytingida 2-o‘ringa tushadi.

Bir yil ichida kompaniya daromadi 25% ga ko‘tarilgan va ayni paytda 38 mlrd dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga, sof daromad 77% ga qisqargan va 197 mln dollarni tashkil qiladi. 2016 yilning 2-choragida Amazon 857 mln dollar daromad ko‘rgan edi.

Bezos Amazon kompaniyasi daromadining 17 foiziga egalik qiladi. Joriy yilning o‘zida uning hisobidagi mablag‘ $24.5 mlrd dollarga ko‘paygan. Yil boshida Amazon asoschisi jahonning 4-raqamli eng boy kishisi edi. Milliarder qisqa fursat ichida boylik orttirish bo‘yicha Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffetni hamda Inditex asoschisi Amansio Ortegani ortda qoldirgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!