«Bo‘ydoqlar kuni»ga Xiaomi Mi6’ning «yengil» talqini chiqyapti

  •   DiMaX
  •  2225
  •  13.10.2017 16:12

«Bo‘ydoqlar kuni»ga Xiaomi Mi6’ning «yengil» talqini chiqyapti

Xiaomi kompaniyasi Mi6 flagmanining nisbatan arzon talqinini ishlab chiqarishga qaror qildi. Bu versiya keyingi oydanoq savdoga chiqarilishi mumkin, deya xabar beradi Gagadget nashri.

Xiaomi Mi6 taqdim etilganidan keyin oradan yarim yil o‘tib, uning yangi modifikatsiyasi haqidagi qayd TENAA agentligi ma’lumotlar bazasida aniqlangan.

Farqi nimada?

Original Mi6 modelining tezkor xotirasi 6 gigabayt hajmga ega bo‘lsa, yangi chiqariladigan «yengil» talqinida bu ko‘rsatkich «atigi»  4 gigabaytni tashkil etadi. Uning doimiy xotirasi hajmi esa 64 gigabaytga teng (originalida 64 va 128 gigabaytlik talqinlar mavjud).

Boshqa xususiyatlari esa o‘zgarishsiz qolgan: ilg‘or Snapdragon 835 chipseti, diagonali 5.15 dyuymlik Full HD-displey, 12 megapikselli ikkita ob’yektivga hamda optik barqarorlashtirish tizimiga ega bosh kamera.

Xo‘sh, innaykeyin-chi?

Xabarlarga ko‘ra, bu smartfon Xitoy bozoriga «Bo‘ydoqlar kuni» – 11 noyabrda taqdim etiladi. Ayni shu pallada ko‘pchilik kompaniyalar keng ko‘lamdagi chegirmalar joriy etishadi. Xiaomi ham ushbu mavsumdan samarali foydalanib qolishni ko‘zlagan ko‘rinadi.

Narxiga kelsak, 4 gigabaytlik Mi6 modifikatsiyasi 350 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu esa 6/64 gigabaytlik original modeldan 30 dollarga arzon, deganidir.

Aytish kerakki, shu yil iyun oyida kumush korpusli Xiaomi Mi6 o‘z narxidan 4 barobar qimmatga sotilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!