Brauzerda qidiruvlar tarixini tozalaymiz

  •   DiMaX
  •  1814
  •  24.01.2017 01:41

Brauzerda qidiruvlar tarixini tozalaymiz

Biror ma’lumot kerak bo‘lib qolganida darrov internetdagi qidiruv tizimlariga murojaat etamiz, ammo bu tizimlar ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning qidiruv so‘rovlarini saqlab borishiga ko‘p ham e’tibor bermaymiz. Agar siz uchun qidiruvlaringiz maxfiyligi muhim bo‘lsa, tizimlarni sizning so‘rovlaringizni saqlab qolmaydigan qilib sozlash va oldingi so‘rovlaringizni tizim xotirasidan o‘chirish mumkin.

Quyida ommabop ikkita brauzerda shu amallarni bajarish yo‘llarini o‘rgatamiz.

Yandeks Brauzer

Rusiyzabon internet foydalanuvchilar orasida keng ommalashgan ushbu brauzer, tabiiyki, qidiruvlarni sukut bo‘yicha Yandeks qidiruv tizimi orqali amalga oshiradi. Mazkur tizimdagi so‘rovlar tarixini tozalash esa quyidagicha kechadi.

  1. Agar siz «Yandeks.Pochta»da ro‘yxatdan o‘tib kirgan bo‘lsangiz, u holda menyuning yuqori o‘ng burchagidagi qatorga e’tiborni qarating, u foydalanuvchi «avatarka»sidan chap tomonda joylashgan. Bizga hozir u yerdagi «Nastroyki» bandi kerak – uning ustiga kursorni olib borib, sichqonchaning chap tugmachasini bosasiz. Pastda ochiluvchi menyudan «Drugiye nastroyki» degan joyiga kirasiz.

  1. Sozlamalar menyusidan «Mestopolojeniye» qismiga kiring. Endi yuqoridagi menyu qatorida «Poisk» bo‘limi ustiga sichqonchaning chap tugmachasi bilan bosing.
  2. Diqqat qiling: «Poisk»dagi sozlamalar orqali siz, o‘zingiz eng ko‘p so‘raydigan so‘zlarni yoza boshlashingiz bilan izlay boshlash funksiyasini o‘chirib qo‘ymoqdasiz. Bu yerda bizni, eng avvalo, ekranning eng pastida joylashgan «Moi naxodki» bo‘limi qiziqtiradi. Kursorni unga olib borib, sichqonchaning chap tugmachasi bilan bosing.

  1. Yetib keldingiz! E’tibor bering, hozir siz umuman qidiruv so‘rovlarini saqlash funksiyasini o‘chirib qo‘yishingiz yoki shu paytgacha izlangan so‘zlar ro‘yxatini mustaqil tarzda bir marta tozalashingiz mumkin.

Umuman olganda, agar yashiradigan narsangiz bo‘lmasa, qidiruv so‘rovlarini saqlash funksiyasi o‘zi foydali narsa. Ayniqsa, farzandlaringiz internetda nimalarni izlashlari bilan qiziqadigan bo‘lsangiz, bu funksiyani o‘chirmay qo‘yaqolganingiz ham yaxshi.

 

Google Chrome

Dunyoda eng keng ommalashgan Google qidiruv tizimida izlashlar tarixi masalasi sal murakkabroq. Xuddi Yandeks kabi, Google ham ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarining qidiruv so‘rovlarini eslab qoladi. Biroq mazkur tizimdagi tarix nafaqat Google’dagi, balki kompaniyaning barcha servislaridagi, masalan YouTube’dagi qidiruv so‘rovlarini ham o‘z ichiga oladi.

  1. Agar siz YouTube yoki Google’da ro‘yxatdan o‘tib kirgan bo‘lsangiz, yuqori o‘ng burchakdagi o‘z «avatarka»ngizga sichqonchaning chap tugmachasi bilan bosing. Pastda ochiluvchi menyudan «Moy akkaunt» bo‘limini tanlab, kiring.

  1. Bu bo‘limdagi «Konfidensialnost» deb nomlangan ustunchaning eng pastida «Moi deystviya» degan joyni topasiz. Shu yerda «Posmotret deystviya» tugmachasini topib bosishingiz kerak.

  1. «Moi deystviya» degan bu bo‘limda sizning akkauntingiz ostida kirib qidirilgan barcha so‘rovlar tarixi aks etgan. Agarda shular orasidan aniq birortasini o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha so‘rovni qidiruv maydonchasiga yozib topasiz, keyin esa o‘sha joydagi yo‘riqnomaga amal qilgan holda uni o‘chirishingiz mumkin. Lekin barcha qidiruvlar tarixini tozalamoqchi yoki muayyan bir vaqtdagi so‘rovlarni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, u holda chapdagi menyu blokida joylashgan «Vibrat parametr udaleniya» bo‘limiga kirishingiz lozim.

E’tibor bering: agar ekraningiz o‘lchami katta bo‘lmasa, chapdagi menyu ustuni ko‘pincha yuqori chap burchakdagi, zinachaga o‘xshash tugmachada yashiringan bo‘ladi.

  1. «Vibrat parametr udaleniya» bo‘limiga o‘tganingizdan keyin birdaniga butun qidiruvlar tarixini yoki ma’lum bir muddat oralig‘idagi izlashlarni o‘chirishingiz mumkin.