Brauzerning kesh xotirasi qanday tozalanadi?

Brauzerning kesh xotirasi qanday tozalanadi?

Brauzer o‘z xotirasiga ega, bu xotira kesh deyiladi. Bu xotirada saytga tegishli ma’lumotlar saqlanadi. Siz biror saytga kirganingizdan so‘ng, sayt kesh xotirada saqlanib qoladi va keyingi safar yana shu saytga kirganingizda, sayt to‘liq internetdan chaqirilmaydi, balki bir qismi kesh xotiradan olinadi, natijada sayt tezroq ochiladi.

Saytga kirdingiz sayt ochildi va ma’lum bir ma’lumotlar keshda saqlandi, keyingi safar yana shu saytga kirdingiz, sayt internet va keshdan olinib ochildi, lekin siz saytning eski holatini ko‘rdingiz, siz bilasizki saytdagi ma’lumotlar o‘zgargan, bunda keshdagi ma’lumotlarni yangilash kerak, siz ham saytning yangi holatini ko‘rishingiz lozim.
Dastlab qiladigan ishingiz F5 tugmasini bosish bo‘lishi kerak, agar u yordam bermasa CTRL+F5 tugmalarini birga bosing, shunda saytning yangi holatini ko‘rishingiz va keshni yangilashingiz mumkin bo‘ladi.

Bu xotira, sayt tuzuvchilar tomonidan ham ishlatiladi, ya’ni qaysi ma’lumotlarni keshda saqlash kerakligini berishadi. Natijada, kesh xotira to‘lib ketadi va brauzer ishlashi ham sekinlashadi. Shuning uchun, kesh xotirani tozalab turish kerak. Har xil brauzerlarda kesh xotirani tozalash har xilda amalga oshiriladi, maqolada asosiy 4 ta brauzerda kesh xotirani tozalashni ko‘rsataman. Brauzer versiyasiga qarab, menyular o‘zgarishi mumkin, lekin yozuvlar o‘zgarmasa kerak.

Google Chrome.

Myenyu -> Istoriya > Ochistit istoriyu… yoki CTRL+H

cache_1

Keyingi chiqadigan oynadan o‘zingizga kerak bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘chirishingiz mumkin, biz keshni tozalashimiz kerak, demak, «Izobrajeniya i drugiye fayli, soxranennie v keshe» qismini belgilab, «Ochistit istoriyu» tugmasini bosamiz.

cache_2

Opera

Opera -> Nastroyki -> Udalit lichnie dannie
cache_3

Bu oyna orqali ham brauzerdagi bir qancha ma’lumotlarni o‘chirish mumkin, bizga kesh kerak, shuni tanlab, «Udalit» tugmasini bosamiz.

cache_4

Brauzer kirgan saytlar ro‘yxatini ham o‘chiramiz, uning uchun CTRL+H tugmalarini bosamiz va kerakli kunlarnikini o‘chirishimiz mumkin bo‘ladi.

Mozilla Firefox

Menyu -> Jurnal

cache_5

Bu oynada brauzer kirgan saytlar bor, shu yerdan «Udalit nedavnyuyu istoriyu» menyusini tanlaymiz.

cache_6

Bu oynani CTRL+SHIFT+DEL tugma orqali ham chiqarish mumkin.

O‘chirishimiz kerak bo‘lgan «Kesh» qismini belgilaymiz va «Udalit seychas» tugmasini bosamiz

cache_7

Yeng yaxshi ko‘rgan brauzerim:) InternetExplorer’da keshni tozalaymiz.

Menyu -> Svoystva Obozrevatelya -> Obщiye(Istoriya prosmotra) -> Udalit

cache_9

Shundan so‘ng, kerakli menyularni tanlab o‘chirishni amalga oshiramiz, ya’ni bizning holda «Vremennie fayli Interneta» menyusini tanlab, «Udalit» tugmasini bosamiz.

Manba: ITportal.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!