Britaniyada 16 yoshli o‘smir Markaziy Razverdka Boshqarmasi elektron pochtasini buzib kirgan

Britaniyada 16 yoshli o‘smir Markaziy Razverdka Boshqarmasi elektron pochtasini buzib kirgan

O‘smir Buyuk Britaniyada 9 fevral kuni hibsga olingan bo‘lsa-da, hozirda garov evaziga qo‘yib yuborilgan. U Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) boshlig‘i Jon Brennan  va Amerika Qo‘shma Shtatlarining ushbu maxsus xizmatidagi boshqa yuqori martabali mansabdorlar tomonidan elektron yozishmalar uchun foydalanilgan akkauntlarni buzishda ayblanmoqda. Biroq gumonlanuvchi aybni bo‘yniga olmagan.

2015 yilning oktyabr oyida o‘zini “Cracka” nomi bilan tanishtirgan va Crackas With Attitude Internet-buzg‘unchilar guruhiga taalluqli ekanini bildirgan xaker AOL portalidagi hisob qaydlarining o‘g‘irlanishi uning ishi ekanini ma’lum qilgan edi. Buning oqibatida ayrim materiallar WikiLeaks saytiga oshkor bo‘lgan. Qolaversa, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi va Federal Qidiruv Byurosi (FQB) minglab xodimlarining ismlari va aloqa uchun ma’lumotlari e’lon qilingan.

Tergovni FQB Britaniyaning Secret Intelligence Service tashkiloti bilan birga olib borgan. Hozirgi paytda buzg‘unchining ism-sharifi aytilmayapti. Ma’lum qilingani shuki, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari uni Ist-Midlendsda qo‘lga olganlar. Jinoyatda gumon qilinayotgan o‘smir sud ishi boshlangunga qadar, ya’ni 2016 yilning 6 iyuniga qadar ozodlikda bo‘ladi.

Bu haqda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Axborot xizmati xorijiy OAVga asoslanib xabar tarqatgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!