Bu davlat Facebook’ni har kun 6 soatga taqiqlamoqchi

Bu davlat Facebook’ni har kun 6 soatga taqiqlamoqchi

Bangladesh hukumati mamlakatdagi eng ommabop Facebook ijtimoiy tarmog‘ining har kuni 6 soatga bloklab qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bangladeshi daily gazetasining yozishicha, ushbu ijtimoiy tarmoq tungi paytda, aniqrog‘i yarim tundan boshlab yopib qo‘yilishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqqa mukkasidan ketgan talabalar va yoshlarning salomatligini o‘ylab ham, hukumat mazkur qarorni qabul qilmoqchi.

The Daily Star nashriga ko‘ra, Bangladesh Vazirlar Mahkamasi mazkur masala bo‘yicha Telekommunikatsiya vazirligiga xat yozib, Facebook ijtimoiy tarmog‘idan haddan ziyod, ayniqsa tunda foydalanish yoshlarning jismoniy holatiga ta’sir qilib, ularning ilmiy va kasbiy samaradorligini ham tushirib yuborayotganini bayon qilgan.

Nashrning hukumat vakiliga tayanib ma’lumot berishicha, ijtimoiy tarmoqlarni bloklagan bilan hech nima o‘zgarmaydi, aksincha bu borada ota-ona va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Boisi, mamlakatda Facebook’dan so‘ng WhatsApp, Viber kabi ommaviy messenjerlardan ham faol foydalaniladi.

Bu Bangladeshda ijtimoiy tarmoqqa hukumat darajasida qarshi kurashish bilan bog‘liq ilk holat emas. Hukumat qarori bilan 2012 yilda mamlakatda YouTube videolar tarmog‘i 260 kunga yopib qo‘yilgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!