Bu gadjet -- Xitoyning eng qimmat flagmani bo‘ladi

Bu gadjet -- Xitoyning eng qimmat flagmani bo‘ladi

16 oktyabrda belgilangan Huawei'ning yirik namoyish smartfon sanoatining navbatdagi shov-shuvli taqdimotlari qatorida turibdi. Insayder Roland Kuandt e’lon qilgan prays-listga ko‘ra, mazkur tadbirda namoyish qilinishi kutilayotgan Huawei Mate 10 Pro flagmani xitoylik brend tomonidan ishlab chiqarilgan eng qimmat "aqlli telefon" bo‘ladi.

Unga ko‘ra Huawei Mate 10:

4 GB RAM (tezkor xotira) + 64 GB doimiy xotira = $647;
6 GB RAM + 128 GB doimiy xotira = $737;
6 GB RAM + 256 GB doimiy xotira = $843 dollardan,

Huawei Mate 10 Pro:

6 GB RAM + 64 GB doimiy xotira = $827;
6 GB RAM + 128 GB doimiy xotira = $933;
6 GB RAM + 256 GB doimiy xotira = $1038;
8 GB RAM + 256 GB doimiy xotira = $1129 dollardan sotiladi.

So‘nggi yillarda ilg‘or va sifatli flagmanlar ishlab chiqarayotgan Huawei bu smartfonlarda jahonning ilk "sun’iy idrok" chipi bo‘lgan Kirin 970 protsessori va Leica'ning qo‘sh sensorli kuchli bosh kamerasini tatbiq qiladi.

Huawei Mate 10 modeli diagonali 6,1 dyuymli, sig‘imi 2560x1440 pikselli displey bilan ta’minlanadi. Flagman 6 gigabaytli tezkor xotirada faoliyat ko‘rsatadi. 4900 mA soatlik akkumulyatorga ega smartfonda 4 ta kamera mavjud bo‘ladi. Yana bir muhim jihati — unda Amazon Alexa virtual yordamchi tizimi va kompaniya tomonidan yaratilgan sun’iy aql tizimi o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar jahon miqyosida taqdim qilingan eng qimmat flagman sifatida Galaxy Note 8'ni aytish mumkin. Bu flagmanning eng qimmat talqini 1,185 AQSh dollariga baholangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!