Bu yil ikki milliardinchi iPhone sotuvga chiqadi

Bu yil ikki milliardinchi iPhone sotuvga chiqadi

Apple kompaniyasi ilk iPhone'ni bundan naq 13 yil oldin sotuvga chiqargan edi. O‘shandan buyon bu qurilma kompaniyaning eng muhim mahsulotiga aylandi va ayni damda daromadlarning katta qismi smartfonlardan tushadi.

Bozor tahlili bilan shug‘ullanuvchi sakkiz kompaniyaning ishonishicha, kupertinolik kompaniya joriy yilda iPhone'ning ikki milliardinchi vakilini sotuvga chiqaradi. 2020-moliya yilida Apple 186 million dona iPhone sotishi kutilayotgan edi, biroq bayramlar davridagi sotuvlar anchayin yaxshi bo‘lgani sabab ushbu ko‘rsatkich hozirda 195 million bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Agar hammasi kutilganidek bo‘lsa, ilk bora 2007-yilda sotuvga chiqqan iPhone savdolari joriy yil oxirida 1.9 miliardga yetishi kerak.

iPhone savdolari 2015—2018-yildagi kabi yuqori bo‘lmasada, kompaniya 2020-yilni rekord darajadagi 275 milliard dollar bilan yakunlashi kutilayotir.

Bundan tashqari, App Store, Apple Pay va Apple Music kabi xizmatlar ham ishlab chiqaruvchiga anchayin mablag‘ keltirmoqda.

O‘QING: Apple o‘z rekordini yangiladi