Buklanuvchi ZTE Axon Multy smartfonining xususiyatlari fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1008
  •  10.10.2017 14:23

Buklanuvchi ZTE Axon Multy smartfonining xususiyatlari fosh bo‘ldi

Xitoyning ZTE kompaniyasi qo‘sh ekranli gorizontal «raskladushka» tayyorlayotganligi haqida o‘tgan oyning boshida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Oradan sal vaqt o‘tib, Axon Multy rusumli ushbu qurilmaning suratlari ham chiqdi. Endi esa mana shu gadjet mashhur Geekbench benchmarkida ZTE Z999 nomi ostida sinovdan o‘tdi.

ZTE Axon Multy smartfonining ikkita displeyi mavjud bo‘lib, buklanganida ular bitta katta – diagonali 6,8 dyuymlik Full HD-ekranga aylanadi.

Qurilmaning «yuragi» – Qualcomm kompaniyasining 4 yadroli chipi. Benchmarkdagi bir yadroli testda 1677 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 4130 ball olganiga qaraganda, bu protsessor Snapdragon 821 bo‘lishi ehtimoli yuqori.Bulardan tashqari, qo‘sh displeyli bu devaysga 4 gigabayt hajmli tezkor xotira hamda yangi – Android 7.1.2 Nougat operatsion tizim talqini qo‘yilgan.

Qo‘shaloq ekranli ZTE Axon Multy bir haftadan so‘ng – 17 oktyabrda, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan alohida tadbirda taqdim etiladi. Smartfonning taxminiy narxi 650 AQSh dollarini tashkil etadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.