Bunaqasi bo‘lmagan: naq 16000 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfon!

  •   DiMaX
  •  2426
  •  23.02.2018 16:56

Bunaqasi bo‘lmagan: naq 16000 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfon!

Hozirda smartfonlarga turli zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishdan tashqari, ularning ichki texnik ta’minotini ham «baquvvat» qilishmoqda. Masalan, xitoylik ayrim kompaniyalarning bir necha qurilmalarida batareya katta sig‘imga ega.

O‘QING: Romsiz Oukitel K10 eng sig‘imdor – naq 11000 mA/soatlik akkumulyatorga ega! (+video)

Energizer kompaniyasi esa ayni shu borada rekord o‘rnatyapti – uning Power Max P16K Pro smartfoni naq 16000 mA/soatlik akkumulyatorga ega! Bu esa, hatto shu paytgacha taqdim etilgan eng sig‘imdor batareyali smartfonlar toifasidan ham bir necha baravarga katta, axir.

Energizer Power Max P16K Pro qurilmasining konfiguratsiyasiga keladigan bo‘lsak, u MediaTek Helio P25 protsessori bazasida ishlaydi. Tezkor xotirasining hajmi 6 gigabaytga, ichki flesh-xotirasining hajmi esa 128 gigabaytga teng.

O‘QING: Batareyasi baquvvat smartfonlar

Smartfonning 5,99 dyuym diagonalga ega bo‘lgan ekranida tasvir aniqligi 2160x1080 pikselga teng. Asosiy kamerasi qo‘sh ob’yektivli – unga 13 va 5 megapikselli kameralar o‘rnatilgan. Selfilar uchun esa 8 megapikselli old kamera ajratilgan.

Ushbu «beli baquvvat» smartfonning o‘lchamlari va vazni haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Lekin hammasiga 25 fevralda aniqlik kiritiladi – Energizer kompaniyasi Power Max P16K Pro smartfonini shu sanada, MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida rasman namoyish etmoqchi.

O‘QING: Akkumulyator borasida «qirol» smartfon savdoga chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!