Bunisi boshqacha: Meizu Note 8 taqdimotiga taklifnoma bilan birga nimcha ham tarqatildi

  •   Saroy
  •  737
  •  20.10.2018 11:12

Bunisi boshqacha: Meizu Note 8 taqdimotiga taklifnoma bilan birga nimcha ham tarqatildi

Meizu kompaniyasi o‘z taqdimotiga taklifnoma tarqatganda hech qachon “an’anaviylikka” amal qilgan emas. Tadbirni albatta o‘ziga xos, avvalgilaridan boshqacha o‘tkazish kompaniya tamoyiliga aylangan, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Aytish mumkinki, bu gal ham  shunday bo‘ldi.

Avval yozganimizdek, Meizu Note 8 (yoki M8 Note) 25 oktyabrda taqdim etiladi (shu kuni Xiaomi Mi Mix 3 ham taqdim etiladi). Lekin jurnalistlar ushbu taqdimotga faqat kecha taklifnoma olishdi va u yetarlicha noodatiy bo‘ldi.

Junatmaning asosiy qiziq tomoni  (Meizu boshqacha qila olmaydi) nimcha bo‘ldi, ko‘rinishidan  National Geographic bilan hamkorlik qilgan chamasi. Nimchaning ikki tomonida ham taqdimot  haqida axborot berilgan, shuningdek  Note 8 (National Optical Technology Expert) abbreviaturasi ham bor, bu Meizu’ning yangi smartfoniga ishoradir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Meizu Note 8 6-dyuymli FHD+ displeyi va sakkizyadroli protsessoriga ega. Protsessorning takt chastotasi 1.8 GGs. Bu Snapdragon 636 yoki Snapdragon 450 bo‘lishi mumkin. Smartfon shuningdek, 4 GB OZU, 64 GB PZU, ikkitalik asosiy kamera va sig‘imi 3500 mAch  akkumulyatori bilan ta’minlangan. Devays Android 8.1 Oreoda ishlaydi.

Hozircha jurnalistlarga taklifnoma jo‘natildi, taqdimotga esa biroz bor.  Meizu kompaniyasining katta vitse-prezidenti Li Nan (Li Nan) qurilmani suratga olib tarmoqlarda e’lon qildi. Surat tunda olinganiga qaramay, ancha sifatli qurilma ekani ko‘rinib turibdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.