Butun dunyo bo‘yicha mobil internet tezligi reytingi bilan tanishamiz (2020 yil, noyabr)

Butun dunyo bo‘yicha mobil internet tezligi reytingi bilan tanishamiz (2020 yil, noyabr)

Ookla kompaniyasining Speedtest xizmati noybar oyi uchun internet tezligining oylik global indeksini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu reytingda ikki pog‘ona yuqorilagani haqida oldinroq xabar bergan edik.

Ushbu maqolada global indeksdagi yetakchi va eng so‘nggi pog‘onalardagi davlatlar internet tezligi haqida xabar beramiz.

Mobil internet tezligi bo‘yicha, BAA birinchi o‘rinda turibdi. Amirliklarning mobil internet tezligi 170 Mbit/sekunddan yuqori bo‘lgan. Keyingi o‘rinda Janubiy Koreya 166.70 Mbit/sek. tezlik bilan turgan bo‘lsa, top uchlikka 159.66 Mbit/sek. interneti bilan Qatar yakun yasagan.

Top o‘ntalikka Xitoy (148.12 Mbit/sek.), Avstraliya (113.16 Mbit/sek.), Norvegiya (100.98 Mbit/sek.), Niderlandiya (99.67 Mbit/sek.), Saudiya Arabistoni (99.34 Mbit/sek.), Kanada (93.74 Mbit/sek.) va Shveysariya (87.73 Mbit/sek.) davlatlari kirgan.

MDH davlatlari orasida Moldova 39.45 Mbit/sek. tezlik bilan birinchi (global indeksda ellik birinchi) o‘rinda turgan bo‘lsa, Ozarbayjon 31.45 Mbit/sek. tezlik bilan ikkinchilikni (global reytingda 66-o‘rin) band qilgan.

Rossiya butun dunyo bo‘yicha 89-o‘rinda bo‘lsa, qo‘shni Qirg‘iziston 98-o‘rinni egallagan. Har ikki davlat internet tezligi mos ravishda 23.40 va 20.83 Mbit/sek.

O‘zbekiston esa 12.51 Mbit/sek. tezlik bilan Qozog‘iston (107-o‘rin) va Tojikiston (127-o‘rin) lardan keyin 130-o‘rinni egallab turibdi. Bu esa oxirgidan 10-o‘rin sanaladi. Mamlakatimiz Laos, Suriya, Nigeriya, Namibiya, Liviya va Zambiya kabi davlatlardan ham keyingi o‘rinni egallagan.

Biz faqat Jazoir, Uganda, Iroq, Bangladesh, Somali, Sudan, Falastin, Venesuela va Afg‘onistondan yuqoriroq pog‘onadaligimiz bilan maqtanishimiz mumkin. Eng so‘nggi 139-o‘rindagi Afg‘onistonda tezlik 6.31 Mbit/sek. ni tashkil qilgan.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling: 89 mln so‘mgacha jarima to‘lashingiz mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!