Buyuk Britaniya uchun chiqarilgan Samsung Galaxy S7 Edge tez orada Android 7.0 versiyasiga yangilanadi

Buyuk Britaniya uchun chiqarilgan Samsung Galaxy S7 Edge tez orada Android 7.0 versiyasiga yangilanadi

Bugun Sammobile nashri Buyuk Britaniya operatorlari uchun chiqarilgan Samsung Galaxy S7 Edge modeli uchun Android 7.0 dasturining beta-versiyasi tayyorlanganini ma’lum qildi. O‘tgan yilda ham aynan mana shu mamlakat foydalanuvchilari birinchilardan bo‘lib Galaxy S6 va  S6 Edge qurilmalarini Android Marshmallow versiyasiga yangilangan edilar.

Galaxy S7 Edge uchun chiqarilgan Android 7.0 beta-versiyasini yuklab olmoqchi bo‘lgan Buyuk Britaniyada yashaydigan foydalanuvchilar Galaxy Apps resursida so‘rov qoldirishlari mumkin. Beta-sinov muvaffaqiyatli yakunlangach, Samsung Android 7.0 dasturining rasmiy proshivkasini barcha foydalanuvchilarga yuboradi.

Demak, tez orada Yevropaning boshqa operatorlariga mo‘ljallangan, shu bilan birga MDH mamlakatlari uchun chiqarilgan Galaxy S7 Edge modeli Android 7.0 versiyasiga yangilanishi mumkin. Hozircha mazkur versiyaning bizning hududga chiqarilgan yangilanishi qachon paydo bo‘lishi noma’lum.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.