Call of Duty: Modern Warfare II aniq chiqarilish sanasi ma'lum bo'ldi!

Call of Duty: Modern Warfare II aniq chiqarilish sanasi ma'lum bo'ldi!

O'tgan oy oxirida 2019-yilgi Call of Duty: Modern Warfare o'yinining davomi chiqarilishi rasman ma'lum qilingan edi. Bir necha kun oldin esa Call of Duty o'z rasmiy sahifalarida yangi o'yinning qahramonlari tizer suratlarini va videosini joylashtirdi.

Yangi tizer videodan ko'rishimiz mumkinki, Call of Duty: Modern Warfare II joriy yilning 28-oktabrida PS4, PS5, Xbox One, Xbox Series X va kompyuter uchun chiqariladi. Tizer suratlardan esa bo'lajak o'yinga taniqli Task Force 141 jamoasi: Kapitan Price, Ghost, "Soap" MacTavish, "Gaz" Garrick va kolonel Alejandro Vargas'ning qaytishini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.



O'yin haqidagi boshqa batafsil ma'lumotlar bilan uning 8-iyun sanasida chiqarilishi kutilayotgan to'liq treylerida bilib olamiz.

O‘QING: Battlefield Mobile qachon chiqarilishi ma’lum qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!