Camolyotdan tushib ketgan iPhone'ga nima bo‘ldi?

Camolyotdan tushib ketgan iPhone'ga nima bo‘ldi?

iPhone smartfoni yerdan 300 metr balandlikdaparvoz qilayotgan samolyotdan tushib ketdi va omon qoldi. Bu to‘g‘rida NBC telekompaniyasining WBIR telekanali xabar bermoqda.

Smartfon egasi deya aytilayotgan Sarvinder Naberxaus (Sarvinder Naberhaus) American Barnstormers turi davomida retro-biplanda parvoz qilayotgan bo‘lgan. Ayova (AQSh) shtatidagi Eyms aeroportida start olgan parvoz mobaynida surat olishga uringan xonimning ayfoni kuchli shamol tufayli derazadan pastga tushib ketadi.

Parvoz tugagach, Sarvinder Naberxaus umid bilan boshqa gadjetda «iPhone qurilmasini izlash» funksiyasini yoqadi. Tizim shu zahotiyoq uning ayfoni shaharning sharqiy qismida ekanidan hamda ishlab turganidan xabar beradi.

Ayfonini topish ilinjida Sarvinder xonim yo‘lga otlanadi. Qidirish ishlari vaqtida ayfoniga ovozli signal jo‘natadi. Jiringlayotgan iPhone ovozi esa uning umidlarini haqiqatga aylantirdi. Ma’lum bo‘lishicha, telefon qalin o‘t-o‘lan ustiga beshikast kelib tushgan. Hatto biror iz tushmagan smartfon odatdagiday ishlashda davom etar edi.

2018 yilning iyunida esa Man + River YouTube-kanalida suv ostida ikki hafta qolib ketgan iPhone X flagmani topilgani va unga shikast yetmagani e’lon qilingan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!