Canon’ning cho‘ntakbop professional kamerasi aprelda sotuvga chiqadi

Canon’ning cho‘ntakbop professional kamerasi aprelda sotuvga chiqadi

Canon kompaniyasining Rebel turkumiga mansub DSLR – bir linzali raqamli kameralari ko‘plab havaskor fotograflarga bu mashg‘ulotning yangi jihatlarini kashf qilish, ajoyib suratlar olishlariga yordam bergan.

Yaponiyalik ishlab chiqaruvchi Canon mazkur turkumning eng so‘nggi modeli bo‘lmish T6 kamerasini olingan suratlarni boshqalar bilan o‘rtoqlashish funksiyasi bilan boyitdi.

Rebel T6 kamerasi 18 MP sig‘imidagi suratlarni oladi. Unda Wi-Fi hamda NFC simsiz aloqa texnologiyalari joriy qilingan. Endi unda olingan suratlarni osonlik bilan smartfonga yoki boshqa elektron qurilmalarga simsiz yuklab olish mumkin bo‘ldi.

Canon bungacha ham mazkur texnologiyalarni Rebel T6s fotokamerasida tatbiq qilgan edi. Rebel T6 mazkur professional kameraning ixchamroq va arzonroq talqinidir.

Kamerada DIGIC 4+ rusumidagi, avvalgi protsessorga nisbatan 60% tezroq ishlaydigan maxsus markazlashtirilgan sxema – protsessordan foydalanilgan. Kamera 3 dyuymli, 920K dot (1 piksel = 3 dot) sig‘imli LCD ekranga ega.

Rebel T6 suratdagi yorug‘lik balansini avtomat ravishda sozlash funksiyasi bilan ta’minlangan.

Canon EOS Rebel T6/1300D kamerasi  aprel oyidan boshlab EF-S 18-55mm f/3.5-5.6 IS II standartidagi zum-ob’yektivi bilan birgalikda $549 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Rebel T6s kamerasi Amazon.com internet do‘konida ob’yektivi bilan birgalikda 1000-1200 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.