«Carzone.uz – Avto Market» kanali – Telegram’dagi avtobozor!

  •   DiMaX
  •  3332
  •  12.05.2017 13:25

«Carzone.uz – Avto Market» kanali – Telegram’dagi avtobozor!

Telegram messenjeridagi foydali kanallar haqida ma’lumot berishda davom etamiz. Shulardan biri «Carzone.uz – Avto Market» nomli bepul e’lonlar kanali bo‘lib, uning manzili: https://t.me/GmUzbekistan

Bu qanaqa kanal?

Mazkur kanal  oddiy foydalanuvchilar o‘z avtomobillarini, avtomobil ehtiyot qismlari va aksessuarlarini bepul e’lonlar orqali sotishlari yoki boshqalar qo‘ygan shunday buyumlarni xarid qilishlari uchun ochilgan.  Bu yerda siz o‘zingizning mashinangiz yoki uning ehtiyot qismlari va aksessuarlarini sotish uchun e’lon berishingiz, shu tariqa kanalning boshqa a’zolariga sotishingiz mumkin. E’tibor bering, kanalining 23 mingdan ortiq a’zosi bor.

E’lon qanday qo‘yiladi?

«Carzone.uz – Avto Market» kanalida sotiladigan mahsulotlar haqida e’lon qo‘yish mutlaqo bepul. Buning uchun mahsulotingiz haqidagi ma’lumotlarni kanalning maxsus botiga – @Gm_Uz_bot ga quyidagi shaklda junating:

1) Rasm;

2) Modeli va yurgan masofasi (probeg);

3) Holati;

4) Narxi;

5) Shahar;

6) Aloqa uchun Telegram’dagi nikingiz yoki telefon raqamingiz.

Shundan so‘ng kanal ma’muri ushbu e’loningizni sizning nomingizdan kanalda chop etadi.

Kanaldan qanday sotib olinadi?

«Carzone.uz – Avto Market» kanalida nafaqat o‘z buyumlaringizni sotishingiz, balki boshqalar qo‘ygan mahsulotlar orasidan o‘zingizga yoqqanini tanlab, xarid qilishingiz ham mumkin.

Kanalda avtomobillar va ularga oid turli-tuman buyumlar savdoga qo‘yiladi. Sotilayotgan har bir mahsulot ostida egasining aloqa ma’lumoti (Telegram’dagi niki yoki telefon raqami) bo‘ladi.

Kanalga qo‘yilgan mahsulot haqidagi ma’lumot, taxminan, quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Shu aloqa ma’lumoti orqali e’lon egasiga qo‘ng‘iroq qiasiz, agarda Telegram’dagi niki ham berilgan bo‘lsa – messenjerning o‘zidan turib sotuvchiga yozasiz. Shu tariqa, tovar egasidan u haqida qo‘shimcha ma’lumot olishingiz, savdolashib narxini tushirishingiz ham mumkin – buyog‘i endi o‘zingizga bog‘liq. Axir, bu bozor-ku. Kelishib olganingizdan keyin sotuvchi bilan o‘zingizga qulay joy va vaqtda uchrashib,  uning qo‘lidan mahsulotni shaxsan qabul qilib olasiz.

Boshqa kanallardan qanday afzalligi bor?

Keyingi paytlarda Telegram’da turli savdo kanallari ko‘payib ketganidan xabaringiz bor. Ular orasida «Carzone.uz – Avto Market» kanali quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi va afzal hisoblanadi:

  1. Kanal a’zolari soni 23 mingdan ortiq. Bu – mahsulotlar soni ko‘p va tanlov imkoniyati katta, degani. Shuningdek, qo‘ygan mahsulotingizni ko‘proq odam ko‘radi va sotilishi imkoniyati ham oshadi.
  2. Kanalga faqat ishonchli va tekshirilgan ma’lumotlar qo‘yiladi. Sotish uchun qo‘yilgan mahsulotlar sifati va to‘g‘riligi uchun uni sotayotgan odam mas’ul.  Kanal ma’muri (admini) faqat aloqa ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda mahsulot haqida yetarli darajada ma’lumot berilgani uchun javob beradi. Ya’ni, u shu ma’lumotlar borligini tekshirganidan keyingina kanalga qo‘yadi. Demak, kanaldagi ma’lumotlar to‘g‘riligi darajasi yuqori.
  3. Kanal yo‘nalishiga aloqasi bo‘lmagan postlar qo‘yilmaydi va reklamalar miqdori juda kam. Shunday kanallar borki,  ularga haddan ziyod ko‘p reklama qo‘yiladi va ularning ko‘pi bema’ni yoki yolg‘on ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. «Carzone.uz – Avto Market» kanali esa bunday emas. U bema’ni reklamalardan holi.
  4. Kanal Carzone.uz sayti bilan hamkorlikda boshqariladi. Ya’ni, unga qanday e’lonlar qo‘yilishini, ma’lumotlarni qabul qilish va tekshirish jarayonini sayt ma’muriyati nazorat qiladi. Ehtimol, «Carzone.uz – Avto Market»ning eng afzal jihati ham shundadir. Carzone.uz sayti yaqin ikki yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va avtomobil sanoati sohasida eng ishonchli axborot manbalaridan biri sifatida nom qozongan.  Shunday ekan, «Carzone.uz – Avto Market» kanali ishonchli qo‘llarda. Foydalanuvchilarning kanalda boshqalar ko‘rishi istalmagan barcha shaxsiy ma’lumotlari to‘la sir saqlanishi kafolatlanadi.
  5. ASOSIYSI – BULARNING BARChASI MUTLAQO BEPUL!

Kanalga qo‘shiling

Kanal sizga ma’qul bo‘ldimi? Unga quyidagi havola orqali qo‘shiling: https://t.me/GmUzbekistan

Shu havolani bossangiz, telefoningizda «Telegram» ilovasida (agar kompyuterdan kirayotgan bo‘lsangiz – tegishli brauzer yo‘naltmasi orqali Telegram Desktop dasturida quyidagi oyna ochiladi:

Siz oyna ostidagi «Prisoyedinitsya» (yoki «Join» – «Qo‘shilish») tugmachasini bosganingizdan keyin, kanalga rasman qo‘shilgan bo‘lasiz.  Shundan so‘ng, kanalga yangi mahsulot e’loni qo‘yilishi bilan, Telegram’dan sizga xabarnoma keladi (xabar olish funksiyasi o‘chirib qo‘yilmagan bo‘lsa).

Agar telefoningizga hali Telegram dasturi o‘rnatilmagan bo‘lsa, unda zamondan ancha orqada qolib ketibsiz (Uzr).  Mazkur ilovani smartfoningizga yuklab olish uchun manzillar:  Android uchun va iOS (iPhone) uchun.

Agarda internetga kompyuter orqali kirayotgan bo‘lsangiz, unga ham Telegram Desktop dasturini mana bu havola orqali yuklab olib ishlatishingiz mumkin. Faqat, mazkur dastur asosan telefonlarga mo‘ljallanganligi hamda autentifikatsiya ham uyali telefon raqami orqali amalga oshirilishi sababli, o‘z mobil telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Telefon raqamingizni kiritganingizda, unga SMS-xabar tarzida maxsus kod yuboriladi va u orqali Telegram akkauntingizga kirasiz.

Bizni kuzatishda davom eting.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!