Caviar qishki Olimpiada o‘yinlariga bag‘ishlangan qimmatbaho iPhone 13 Pro qurilmalarini taqdim etdi

Caviar qishki Olimpiada o‘yinlariga bag‘ishlangan qimmatbaho iPhone 13 Pro qurilmalarini taqdim etdi

Kechadan 2022 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga start berildi. Rossiyaning Caviar brendi ushbu katta sport tadbiridan ilhomlanib, maxsus talqindagi smartfonlar kolleksiyasini taqdim etdi. Undan 117 ta noyob turdagi smartfonlar o‘rin olgan. 

Olympic Hero modeli zargarlik qotishmalari hamda 24 karat oltin, Olympic Hero Gold modeli esa 18 karat sof oltin bilan qoplangan.

Ikkila model ham iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max qurilmalari asosida yaratilgan, ya’ni ularning orqa panelidan shisha qoplama olib tashlanib, uning o‘rniga qizil mato joylashtirilgan. Mato ustida esa Pekin Olimpia logotipi, Olimpia xalqalari hamda bir necha sport musobaqalari o‘tkaziladigan Pekindagi tog‘ tasvirlangan. 

128GB xotiraga ega bo‘lgan iPhone 13 Pro Olympic Hero modelining narxi 6450 dollardan boshlansa, 1TB xotiraga ega iPhone 13 Pro Max Gold modelining narxi 27,620 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Snapdragon hamda Exynos chipiga ega bo‘lgan Galaxy S22 Ultra'ning GeekBench'dagi natijalari taqqoslandi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.