Cyensatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»

  •   DiMaX
  •  1715
  •  04.09.2018 18:59

Cyensatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»

Bugun raqamli pul munosabatlari dunyoda avj olib AQSh, Kanada, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda bitkoin va uning turli shakllari tan olinib, real pul sifatida ishlayotgani hech kimga sir emas.

To‘g‘ri, o‘zining murakkab va mavhum tuzilishi bilan dunyo iqtisodchilarini ham o‘ylantirib qo‘yayotgan yangi zamon pullari – «koin»larning noqonuniy «pul yuvish» uslublariga ko‘ra tashvishga soladigan jihatlari ham yo‘q emas. Ammo bu turdagi pullar o‘z taraqqiyotida banklarga ehtiyoj qoldirmasligi, insoniyatga moliyaviy-iqtisodiy qulayliklar taqdim etishi chinakam kashfiyotdir. Chunki kriptovalyutalar tranzaksiyasi – o‘zaro pul o‘tkazmalarida qog‘ozbozlik va ortiqcha rasmiyatchilik bo‘lmaydi. Hammasi bir onda amalga oshiriladi, eng asosiysi esa hech qanday foiz ushlab qolinmaydi.

Mangu aktivlari – O‘zbekistondagi ilk elektron birja obligatsiyasi, raqamli aktiv hisoblanadi.

Mangu aktivlari – jismoniy shaxslar uchun to‘lov imkoniyatlari kengayib borishiga ko‘ra narxi o‘zgarib, aksariyat holatda ko‘tarilib boruvchi elektron birja obligatsiyasi, innovatsion tashkilot zayomi demakdir. 1017125 dona aktivlarning kelgusida qayta emissiya qilinmasligi, umumiy sanoqning cheklangani aktivlar qadri oshib borishiga xizmat qiladi. To‘lov amalga oshirilgach, avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tilgan elektron pochtaga xaridor nomiga rasmiylashtirilgan, 2028-yilning oxirigacha amal qiluvchi huquqiy shartnoma yuboriladi. Shartnomada aktiv egasi bo‘lgan investor istagan paytida platformadagi Brendlarning mahsulot v hizmatlariga amaldagi 1 Mangu kursi bo‘yicha to‘lov qilishi mumkinligi, faqat «Sotuv kunlari» 72 soat davomida 1 Mangu kursi bo‘yicha aktivlarni naqdlashtirib olish imkoniyati berilishi, aktivning nominal narxi 1000 so‘mdan tushmasligi kabi manfaatli asoslar kafolatlangan.

Mangu piksellari esa – tadbirkorlar uchun aynan 1 Mangu aktivi narxi va sanog‘ida sotuvda bo‘lgan Brendlarning 10 yillik reklamasini kafolatlovchi innovatsion nuqta, demakdir. Demak, platformaning tanga shaklidagi asosiy sahifasida 1017125 dona piksel joylashgan. Ular 400 donadan 5000 donagacha ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar: yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga 2028 yilning oxirigacha reklama uchun joy sifatida taqdim etilmoqda. To‘lov Mangu innovatsiyasiga a’zolik badalini ham o‘z ichiga olib, bunda Brendlar Mangu aktivlari bilan savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Raqamli to‘lovlarga asoslangan savdo jarayonida yangicha reklama uslubi va innovatsion savdo vositasi xaridorlarni albatta o‘ziga jalb etadi hamda yangi xaridorlar oqimiga keng yo‘l ochadi. Brend o‘ziga biriktirilgan maxsus elektron hamyonga Mangu aktivlari qabul qilib savdo tushumini yuritadi. Har oyning 20-sanasida aktivlar Bazaga qaytarilishi hisobiga 3% hizmat haqi ushlab qolgan holatda Brendning bankdagi hisob raqamiga naqd pul o‘tkazib beriladi. Ammo bunda Brendlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son Qaroriga muvofiq aynan raqamli aktivlar bilan amalga oshirgan pul munosabatlariga soliq to‘lovlarini to‘lamaydilar. Bunda ular imtiyozda hisoblanib, bugungacha 5%dan 23%gacha to‘lab kelayotgan daromad soliqlaridan butunlay ozod etiladilar.

Bir so‘z bilan aytganda, Mangu innovatsiyasiga qo‘shilgan Brend faqat yutuqda bo‘ladi!

Tadbirkormisiz?! Biz bilan 2018 yilning eng shov-shuvli loyihasi bo‘lishi kutilayotgan Mangu bilan biznes osmonida nomingiz mangu porlaydi!..

Demak, Mangu aktivlaridagi narx o‘zgarishi asosan Brendlardan tushayotgan reklama uchun to‘langan mablag‘lar hisobiga, ya’ni aktiv va piksellar sotuvi balans berishi hisobiga bo‘lib o‘tadi.

Mangu elektron birjasi, Jismoniy shaxs va Brend o‘rtasida harakatda bo‘lgan aktivlar va aylanmadan tushayotgan 3%lik summa ham aktiv narxiga yo‘naltirilishi, aktiv va piksellarning kelgusida qayta emissiya qilinmasligi innovatsiyaning tobora ommalashuvini belgilaydi.

Mangu.Uz platformasining harakatlari Mirzo Ulug‘bek Innovatsiya markazining №00317-son guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tavsiya xatlari asosida tasdiqlangan. 2018 yilning 3 iyul sanasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3832-son Qarori asosida ish olib borilmoqda.

Diqqat: Mangu.Uz platformasi O‘zbekistonda ilk bor – raqamli aktiv tizimi asosida.

1 Mangu narxi 6 oy ichida nominaldan keskin yuqorilab, 131% ko‘tarildi.

27 sentyabrda platformada yana 72%gacha narx o‘zgarishi sodir bo‘lishi kutilmoqda. Bunda 1 Mangu narxi yuqori darajada ko‘tarilsa, 4056 so‘mga chiqishi mumkin.

Shoshiling, Piksel va aktivlar narxi muddatli, sanog‘i esa cheklangan!..

Birinchilar doim yutuqda bo‘ladi!..

Manzil: Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko‘chasi 5-«A» uy, 2-xonadon.

Mo‘ljal: «Dolge Italia» muzqaymoqlarining o‘ng tomonida.

Loyiha bo‘yicha ma’lumot yuzasidan telefon: +99871 200-87-88.

Yuridik shaxslar uchun shartnoma yuzasidan telefon: +99897 343-08-88.

Virtual taraqqiyotni Mangu.Uz bilan kuzating!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.