CES 2017: Dell kompaniyasidan jahondagi eng yupqa monitor

CES 2017: Dell kompaniyasidan jahondagi eng yupqa monitor

CES 2017 ko‘rgazmasi arafasida Dell kompaniyasi 27 Ultrathin nomli monitorni namoyish qildi. Monitor InfinityEdge texnologiyasi asosida yaratilgan va butun perimetr bo‘ylab ingichka ramkalar bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchi ushbu monitorni jahondagi eng yupqa korpusga ega shu turdagi gadjet sifatida pozitsiyalamoqda, biroq uning aniq qalinligini oshkor qilmayapti.

Monitor USB-C va HDMI 2.0 portlari, 2560x1440 piksel aniqligidagi 27 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Kadr chastotasi 60 Gs, yorqinligi 400 kd/m2 , kontrastligi 1000:1. Monitor HDR10 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Gadjet shu yilning 23 mart kuni sotuvga chiqadi. Narxi 700 dollar atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.