CES 2017: Razer Project Valerie – uch ekranli noutbuk

CES 2017: Razer Project Valerie – uch ekranli noutbuk

Ayni paytda AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan CES 2017 ko‘rgazmasida chindan ham kutilmagan innovatsiyalar, quloq eshitmagan va tasavvurga sig‘ishi qiyin bo‘lgan texnologiya va gadjetlar namoyish etilmoqda. Shulardan biri o‘yin devayslari tayyorlaydigan Razer kompaniyasi taqdim qilgan uch ekranli noutbukdir.

Razer Project Valerie noutbuki o‘yin segmentiga mo‘ljallangan, og‘irligi 5 kg. U har biri 17,3 dyuymli 4K aniqligidagi IGZO-panellar bilan jihozlangan. Barcha ekranlar ochilganda, ularda 11520 x 2160 piksel aniqligidagi tasvirlar ko‘rsatiladi. Bunday formatdagi tasvir gadjetga o‘rnatilgan NVIDIA GeForce GTX 1080 videokartasi yordamida qayta ishlanadi. Model Blade Pro noutbukiga juda o‘xshaydi, mexanik klaviatura va sozlanadigan RGB podsvetkaga ega.

Hozircha Project Valerie tajribaviy loyiha hisoblanadi va kompaniya ushbu noutbukni sotuvga chiqarishni rejalashtirmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.