CES 2018: Honor'ning "flagmanlar kushandasi" sotuvga chiqarildi

CES 2018: Honor'ning

CES 2018 elektronika ko‘rgazmasi doirasida Honor — Huawei'ning subbrendi bo‘lmish xitoylik kompaniya birinchilardan bo‘lib matbuot anjumanini tashkil etdi. Kompaniya tadbiri doirasida Honor 7X modelini taqdim etdi va Honor View 10 (Honor V10)'ning xalqaro bozorga chiqarilganini rasman e’lon qildi.

Honor 7X modeli 5,93 dyuymli, FullHD+ sig‘imli displey, Kirin 659 chipseti, 3 Gb operativ xotira, 32 Gb doimiy xotiraga ega. Smartfon akkumulyatori 3340 mA soat, old kamera 8 Mp, bosh kamera esa qo‘sh sensorli -- 16 Mp + 2 Mp.

Honor View 10 (Honor V10) modeli muxlislar e’tiboriga 2017 yilda havola qilingan edi. View 10 xalqaro bozorga $474 dollardan boshlab sotuvga chiqarildi.

Tadbirda bosh e’tibor qaratilgan Honor View 10 qisman o‘zidan 2 barobar qimmat Mate 10 Pro'ga o‘xshab ketadi. Biroq View 10 modelida 5,99 dyuymli, 2160x1080 pikselli LCD ekran o‘rnatilgan. Mate 10 Pro'ning ekrani esa AMOLED, ya’ni bu masalada yanada ilg‘or.

Honor View 10 Android Oreo'ning Huawei tomonidan o‘zlashtirilgan EMUI 8.0 operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Unga Huawei'ning Kirin 970 protsessori o‘rnatilgan. Smartfonning tezkor xotirasi 6 gigabaytli, doimiy ichki xotira sig‘imi 128 gigabaytli va uni fleshka yordamida yana 256 gigabaytgacha kengaytirish ham mumkin. Devaysdagi batareya sig‘imi 3750 mA soat.

Kamera esa yanada ilg‘or: 13 megapikselli old kamera, qo‘sh sensorli bosh kamera -- 16 Mp + 20 Mp.

Mate 10 Pro'dan farqli ravishda bu modelda qadrdon audio tuynuk qoldirilgan.

View 10'ning metall korpusi ham Mate 10 Pro'niki kabi hashamdor esa va suv-changdan himoya qilinmagan. Biroq, ular o‘rtasidagi sirli o‘xshashlik bor, bu -- "sun’iy aql" egasi bo‘lmish Kirin 970 protsessori. Nihoyat, Honor brendi ham smartfon ishlab chiqarishda neyronli chipsetdan foydalangan. Bu chipset ba’zi jihatlarga ko‘ra "Bionic" tarkibga ega Apple'ning A11 yoki Qualcomm taqdim qilgan raqamli signalli Snapdragon 845 bilan bellasha oladi.

O‘qing"Sun’iy aql" tizimiga ega ilk protsessorni Huawei taqdim qildi

Kirin 970 protsessori o‘z-o‘zining idrokini yuksaltira oladi. Misol uchun, surat olayotgan bu chip undagi tasvirdan kelib chiqib, suratni takomillashtirishi yoki zarur vaqtda Microsoft Translator ilovasi yordamida matn va so‘zlarni tarjima qilishi mumkin. Honor vakillarining e’lon qilishlaricha, View 10 bu chipda shu narxdagi smartfonlardan 5 barobar yaxshi ishlaydi.

Qo‘shimcha sifatida aytish mumkin, smartfonda NFC, GPS, Bluetooth 4.2 hamda Wi-Fi 802.11ac modullari o‘rnatilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!