CES 2019 ko‘rgazmasida Samsung ham o‘rama televizor taqdim etmoqchi

  •   DiMaX
  •  638
  •  02.01.2019 16:56

CES 2019 ko‘rgazmasida Samsung ham o‘rama televizor taqdim etmoqchi

O‘tgan yilgi CES 2018 tadbirida LG Display kompaniyasi rulon shaklida o‘raluvchi, 65 dyuymlik OLED-displey prototipini namoyish qilgandi. Xabarlarga ko‘ra, Samsung ham shunga o‘xshash mahsulotini tayyorlagan.

O‘QING: Rulon shaklida o‘raluvchi LG televizori 2019 yiliyoq sotuvga chiqadi! (+«jonli» video)

Janubiy koreyalik texnogigant allaqachon o‘raluvchi televizor uchun patent oldi. LG tayyorlagan prototip taglik vazifasini o‘tovchi – pastdagi bazaviy modulga yig‘iladigan bo‘lsa, Samsung ishlab chiqqan ekran ikkita tikka blok orasida yig‘ilib-yoyiladi. Shu holida u qadimiy o‘rama qo‘lyozmalarni ham eslatib yuboradi.

Samsung ushbu ishlanmasini joriy yilning 8–11 yanvar kunlari Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida namoyish etmoqchi. LG kompaniyasidan farqli ravishda, u prototipni emas, balki bozorga chiqariladigan tayyor televizor namunasini ko‘rsatadi.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! SHAASUIVG – Samsung emas

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!