ChangHong H2 – sozlangan molekulyar skanerga ega xitoylik smartfon

ChangHong H2 – sozlangan molekulyar skanerga ega xitoylik smartfon

Mobil qurilmalar bozorida hali yaxshi tanilmagan Xitoyning ChangHong kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasida molekulyar skaner bilan jihozlangan jahondagi ilk smartfonni namoyish qildi. Ushbu smartfon orqali qo‘lingizga tushgan istalgan predmetning molekulyar tarkibi bilan tanishish, undagi moddalarning xususiyatlarini aniqlash mumkin.

Skaner moduli infraqizil spektroskopiya asosida yaratilgan. Bu esa tekshirilayotgan ob’yektning strukturasini aniqlashga yordam beradi. Molekulyar skaner Isroilning Consumer Pysics firmasi tomonidan tayyorlangan.

ChangHong H2 modelining texnik parametrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u 6 dyuymli Full HD ekran, sakkiz yadroli protsessor, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Kamera aniqligi – 16 MP, batareyasining sig‘imi esa 3000 mA/soatni tashkil qiladi.

Qurilma 2017 yilning birinchi yarmida Xitoyda sotuvga chiqadi, narxi $500 atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Manba: 3D News

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.