Chrome’ning Data Saver rejimi bilan megabaytlarni tejaymiz!

Chrome’ning Data Saver rejimi bilan megabaytlarni tejaymiz!

Avval xabar berganimizdek, 2015 yilning 30 noyabr kuni Google kompaniyasi Chrome’ning ma’lumotlarni saqlash orqali megabaytlarni asrab qolish imkonini beruvchi Data Save rejimini e’lon qilgan edi.

Siz Chrome qidiruv ilovasidan foydalansangiz, Android mobil qurilmalari, kompyuter yoki Chromebook kompyuteri orqali ma’lumotlarni saqlab, vaqtingiz va sarflanayotgan traffikni tejab qolish imkoniyatingiz bor. Uning yordamida ma’lumotlarni yuklash 70 foizgacha qisqaradi va siz oyiga salmoqli hajmdagi megabaytlarni tejab qolasiz. Data Save rejimi hozircha iPhone va iPad qurilmalari uchun mavjud emas.

Data Saver qanday ishlaydi?

Bu rejimdan foydalanib siz biror sahifaga kirsangiz Google’ning serverlari, ya’ni foydalanuvchining so‘roviga javob yo‘llovchi dastur yoki tizimlar tashrif buyurilgan veb-sayt serveridan so‘roqqa oid ma’lumotlarni olib, bu fayllarni o‘zida saqlab qo‘yadi, keyinchalik o‘zida saqlab qo‘yilgan elektron manbaalarni taqdim qilib, ma’lumotlar hajmini qisqartiradi.

Eslatma: “https” bilan boshlanuvchi gipermatnli ma’lumotlar uzatish sahifalari yuklanganida yoki Incognito, ya’ni ma’lumotlardan yashirin usulda foydalanish rejimida Data Saver rejimi ma’lumotlar hajmini qisqartirmaydi. Ko‘pchilik behayo saytlardan foydalanganida shaxsini va brauzerdagi qidiruv tarixini yashirish uchun bu rejimdan foydalanadi.

Data Saver rejimida quyidagi nuqsonlar kuzatilishi mumkin:

– ba’zi veb-saytlar sizning geografik joylashuvingizni aniqlay olmasligi;

– Ba’zida fotosuratlarning aniq-tiniq yuklanmasligi;

– Ichki, misol uchun korporativ saytlarning ochilmasligi;

–  Sizga ximzat ko‘rsatayotgan mobil operatoriga tegishli veb-saytlar va tizimlarning ochilmasligi;

Kompyuter disklarida avtomatik tarzda yig‘ilib qoladigan “Local settings” – vaqtinchalik papkalarning o‘qilmay qolishi.

Кўриб турганингиздек, одатдаги режимда бир ойда 85.75 МБ сарфланган бўлса, маълумотларни сақлаш режимида унинг ҳажми 46.38 МБни ташкил қилган.

Ko‘rib turganingizdek, odatdagi rejimda bir oyda 85.75 MB sarflangan bo‘lsa, ma’lumotlarni saqlash rejimida uning hajmi 46.38 MBni tashkil qilgan.

Data Saver’ni ishga tushirish

Android qurilmalari uchun:

  1. Chrome brauzer ilovasini oching.
  2. “Menyu”dan “Sozlash” tugmasini tanlang va “Kirish” bo‘limidan ro‘yxatdan o‘ting.
  3. “Data Saver” rejimini tanlab, yoqing.
  4. Uni xohlagan vaqtda yana o‘chirishingiz mumkin.

Eslatma: bu rejim orqali Wi-Fi tarmog‘i yordamida katta hajmli fayllarni, 5 MBdan katta suratlarni yuklab olishda, elektron pochta orqali 750dan katta fayl yuborilganda navbat paydo bo‘ladi. Ya’ni, ular tartib bilan jo‘natiladi.

Kompyuter yoki Chromebook qurilmalari uchun:

  1. Chrome version 41 yoki undan yuqori bo‘lgan talqindan foydalansangiz, Chrome Web Store’dagi Data Saver faoliyatini kengaytirish ilovasini yuklab oling va o‘rnating. Chrome 41 dan oldingi versiyalar bu dasturni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Data Saver rejimini o‘chirish:

  1. Chrome’ni oching;
  2. Yuqori burchakdagi Data Saver belgisini bosing;
  3. “Turn Off ” (o‘chirish)ni bosing.

Xavfsiz qidiruv texnologiyasi

Data Save rejimi mobil qurilmalarda ishga tushirilganida Chrome qidiruv tizimi  Safe Browsing (xavfsiz yoki himoyalangan qidiruv) texnologiyasidan foydalanadi. Bu sizni kiber hujum va xurujlardan himoya qiladi. Ya’ni, zararli domenga kirish mahali qidiruv tizimi sizni bundan ogohlantiradi. Bu texnologiya kompyuter yoki Chromebook qurilmalarida o‘rnatilgan Chrome ilovasida tayyor o‘rnatilgan bo‘ladi.

Nosozliklar haqida xabar berish

Data Saver rejimi bilan bog‘liq muammoga duch kelsangiz, bu haqda xabar berishingiz mumkin.

Android qurilmalari uchun:

  1. Chrome ilovasi va Chrome logo’ni oching;
  2. Chrome menyuga kiring;
  3. “Feedback” (qayta aloqa)ni bosing va xabar yuboring.

Kompyuter yoki Chromebook uchun:

  1. O‘ng tomon burchakdagi menyuga kiring;
  2. “Help” (yordam) tugmasini bosing;
  3. “Report an issue” (muammo haqida ma’lumot berish) tugmasi orqali mavjud muammo haqidagi xabarni yuboring.
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!