Cisco: 2020 yilda mobil aloqa tarmoqlariga ulanish tezligi 3.2 marotabaga oshadi

Cisco: 2020 yilda mobil aloqa tarmoqlariga ulanish tezligi 3.2 marotabaga oshadi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tarmoqlarini ishlab chiqish, tadqiqot va ilmiy loyihalarni tashkil etish sohasida jahonning yetkachi kompaniyasi – Cisco 2016 yilning 1 fevral kuni 2015-2020 yillarda Xalqaro “Vizual tarmoq texnologiyalarining o‘sish ko‘rsatkichlari”ga oid navbatdagi hisobotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020 yilga kelib jahondagi mobil aloqa foydalanuvchilari soni 5.5 milliard nafarga yetar ekan. 2015 yilda taqdim etilgan hisobotda bu ko‘rsatkich 4.8 milliardni tashkil qilgan. Ya’ni, Yer aholisining 70 foizi aloqa vositalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Aloqa tarmoqlaridan foydalanilayotgan qurilmalarning 72 foizini “aqlli” qurilmalar (bugungi kunda 36 %) tashkil qiladi. Ya’ni mobil aloqa vositalari orqali almashilinadigan ma’lumotlarning 98 foizi “aqlli” qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

Bularning 81 foizi esa smartfonlar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda foydalanilayotgan, hozir ommalashayotgan smarshet (smartfon va planshet gibridi) soni 5.4 milliardga yetadi. Vaholanki, u davrda dunyoda elektrdan foydalanish imkoniga ega kishilar soni 5.3 milliard, vodoprovod orqali ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega odamlar soni 3.5 milliardga, avtomobilga ega kishilar soni esa 2.8 milliardga yetgan bo‘ladi.

Shuningdek, 2020 yilda xalqaro miqyosda aloqa tarmoqlariga ulangan qurilmalar soni 11.6 milliardga yetadi va bu 2015 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 4 milliard donaga ko‘p degani.

2020 yilda mobil qurilmalarning aloqa tarmoqlariga ulanish tezligi bugunga nisbatan o‘rtacha 3.2 marotabaga, ya’ni har soniyasiga 2.0 Mbit.dan 6.5 Mbit.ga   oshadi. Shu bilan birga, 2020 yilda global mobil qurilmalarining IP traffigi, ya’ni axborot hajmi bugungi 44 ekzabaytdan 367 ekzabaytga ko‘payadi. Bu 2010 yilga qaraganda 120 barobar ko‘p degani. Izoh beradigan bo‘lsak, 1 ekzabayt 1 milliard gigabayt axborot hajmiga teng.

Bu har yili Yer aholisi tomonidan 81 trillion dona tasvir yoki dunyodagi har bir kishi boshiga kuniga 28 ta surat almashilinadi degani.  Yoki bu – mobil aloqa tarmoqlariga bir yilda 7 trillionta videoklip yuklanishini va sayyoramizdagi har bir kishi boshiga kuniga 2.5 ta klip to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Mobil video ilovalari barcha ilovalar orasida yetakchilikka chiqadi. Ya’ni, bu tarmoqdagi axborotlarning 75 foizini videolar tashkil qiladi.

2018 yilga kelib, 4G aloqa tarmog‘i abonentlari soni 2G’nikidan, 2020 yilda esa 3G’nikidan oshib ketadi. 2020 yilda mobil aloqa orqali almashilinadigan ma’lumotlarning 70 foizi 4G tarmog‘ida amalga oshiriladi. Boshqa tarmoqlar orqali almashilinadigan ma’lumotlar hajmi 6 barobarga ko‘payadi.

Jahon miqyosida Wi-Fi hududlari xonadonlarni qo‘shib hisoblaganda 7 marotabaga, ya’ni 64 milliondan 432 millionga ko‘payadi. 38,1 ekzabayt ma’lumot Wi-Fi texnologiyasi yordamida yuklanadi.

Cisco VNI hisoboti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetakchi ekspert va analitiklari tomonidan o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqot va kuzatuvlarga asoslangan.

Yuqori texnologiyalar yaratishga ixtisoslashgan Cisco kompaniyasiga 1984 yilda asos solingan. Kompaniya IP-telefoniya mahsulotlari, tarmoq xavfsizligi uchun vosita va dasturlar, DSL va modem texnologiyalari, tarmoqlarni boshqarish uchun tizimlarni ishlab chiqaradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!