Civilization VI strategiya o‘yinini 27 iyulgacha bepul o‘ynab ulguring! (+video)

  •   DiMaX
  •  862
  •  24.07.2020 16:35

Civilization VI strategiya o‘yinini 27 iyulgacha bepul o‘ynab ulguring! (+video)

Steam onlayn servisi koronavirus pandemiyasi pallasida kishilar zaruratsiz uydan chiqmasliklari uchun ayrim o‘yinlarni bepul berishda davom etmoqda. Firaxis Games studiyasining Sid Meier’s Civilization VI o‘yinini unda 27 iyulgacha bepul o‘ynash mumkin.

O‘QING: PUBG ijodkorlari o‘yin voqealari haqida qisqa metrajli film ishlashdi

Civilization VI – qadam-baqadam strategiya yo‘nalishidagi o‘yin bo‘lib, geymer unda o‘z sivilizatsiyasini quradi va rivojlantiradi. Aytish kerakki, Steam do‘konida eng ko‘p sotilgan o‘yinlar reytingida u ikkinchi o‘rinda turibdi.

Sid Meier’s Civilization VI o‘yinini bepul o‘ynash uchun ushbu havola orqali Steam saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz kerak. Aksiya 27 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 gacha davom etadi, shundan keyin o‘yin yana pulli bo‘lib qoladi.

O‘QING: GTA V’dan ham o‘zib ketgan bu o‘yin yangi rekord o‘rnatdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!