Click bilan qiliq qilgan hisobchi qo‘lga olindi

  •   DiMaX
  •  2479
  •  19.10.2017 15:39

Click bilan qiliq qilgan hisobchi qo‘lga olindi

Zamonaviy texnologiyalar rivojlangani yaxshi, ammo bundan g‘araz niyatlarda foydalanuvchilar ham yo‘q emas. Afsuski, O‘zbekistonda ham shu kabi holatlar uchrayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Jumladan, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, «AZOT» OAJda hisobchi bo‘lib ishlovchi B.D. shunday qing‘irlikka qo‘l urgan. U o‘zi bilan birga ishlovchi M.N.ning plastik kartochkasidagi 1 million 500 ming so‘m pulini Click tizimi orqali yashirin ravishda o‘g‘irlab olgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabariga tayanib KUN.UZ yozmoqda.

M.N.ning IIBga yozgan arizasiga asosan olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyat fosh etildi. Click yordamida qiliq qilgan B.D.ga nisbat jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.