CLICK kompaniyasi e’lon qilinadigan test natijalarini masofadan turib bilish imkoniyatini taqdim etdi

CLICK kompaniyasi e’lon qilinadigan test natijalarini masofadan turib bilish imkoniyatini taqdim etdi

Kun.Uz‘ning xabariga ko‘ra, CLICK kompaniyasi Davlat Test Markazi (dtm.uz) bilan hamkorlikda mamlakatimiz oliy uquv yurtlariga topshirilgan imtihonlarning natijalarini o‘z mobil telefonlari orqali bilib olish imkonini beruvchi xizmatlarni ishga tushirgani haqida xabar qiladi.

CLICK tizimida DTM bilan hamkorlikda tushirilgan xizmatning qayta ishga tushirilganligi ma’lum qilingan. Ushbu xizmat yordamida imtihonlarning natijalarini USSD-so‘rovlar yoki ommabop “Telegram” orqali bilib olish mumkin.

Bir so‘rovning qiymati, o‘tgan yildagidek, 1500 so‘mni tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Bankining joriy kursi bo‘yicha ushbu qiymat taxminan 0,50 AQSh dollariga teng bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, so‘rov qiymati CLICK tizimiga ulangan plastik karta hisobidan yechiladi.Natijalarni USSD-so‘rovlar orqali olish uchun mobil telefonda *880# terish va paydo bo‘lgan menyuda “DTM-2016” bandini tanlash, so‘ngra tizim yo‘riqlarini bajarish lozim.

Natijalarni “Telegram” mobil ilovasi orqali olish uchun kontaktlar ro‘yxatiga DTM botini (@DTMbot yoki @DTMrobot) qo‘shish va unga /start buyrug‘ini jo‘natish kerak. Shundan so‘ng bot til tanlashingizni va boshqa kerak bo‘lgan ma’lumotni kiritishingiz lozim.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!