CLICK tizimiga ulanganlar milliondan oshdi

CLICK tizimiga ulanganlar milliondan oshdi

CLICK tizimiga ulanganlar soni bir million nafardan oshgani xabar qilinadi. To‘lov tizimining matbuot xizmatida keltirilishicha, bir millioninchi raqam egasi, ID-1000000 registratsion nomer olgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi Niyozov O‘ktam Hayitovich bo‘ldi. Kompaniya bu mijozni jamoa nomidan tabrikladi va Samsung Galaxy S6 smartfoni bilan taqdirladi.

CLICK mobil banking tizimi bo‘lib, jismoniy shaxslarga mobil telefon (USSD/SMS-portal) yoki internet (Web/Web-mobile) orqali to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi, mablag‘ni boshqa jismoniy shaxs hisobiga yoki savdo-xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hisobiga o‘tkazish (supermarketda savdo qilish, oshxona va kinoteatrda to‘lash), internet-do‘konlarda onlayn-xaridlarni amalga oshirish mumkin.