CLICK tizimining xavfsizligi xalqaro darajada tan olindi

CLICK tizimining xavfsizligi xalqaro darajada tan olindi

Elektron to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan CLICK xizmati xalqaro darajadagi PCI DSS sertifikatini oldi. Bu to‘g‘rida kompaniyaning press-relizida ma’lum qilinmoqda. Unda yozilishicha, kompaniya O‘zbekiston Respublikasidagi mobil va internet-banking sohasidagi tijorat tashkilotlaridan birinchi bo‘lib ushbu sertifikatga ega bo‘lgan.

Payment Card Industry Data Security Standard sertifikati onlayn va elektron to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarda ma’lumotlar xavfsizligining yuqori darajada ta’minlanganligini, tizim foydalanuvchilari to‘g‘risidagi axborotlarni himoya qilishda barcha zarur texnologik sharoitlar yaratilganini kafolatlaydi.

2004 yildan amalda bo‘lgan PCI DSS standarti Karta to‘lovlari sanoatining xavfsizligi bo‘yicha Kengash, Visa hamda MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Unga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchilarning mijozlar ma’lumotlarini qayta ishlash, axborot tizimlari infratuzilmasi kabi jami 12 ta yo‘nalishdagi faoliyatiga xos detallari yaqindan o‘rganiladi.

CLICK tizimining ushbu standart talablariga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritishi kompaniya mijozlarining xavfsizlik masalalari va foydalanuvchilarining konfidensial ma’lumotlarini himoyalashning ilg‘or usullarini va zamonaviy yechimlarini qo‘llashini ko‘rsatadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!