“Cmartfon” va “WhatsApp”ning qozoqcha tarjimasi ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi

“Cmartfon” va “WhatsApp”ning qozoqcha tarjimasi ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi

Bir muddat avval Qozog‘iston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari vaziri “smartfon” hamda “WhatsApp” kabi yangi so‘zlarning qozoq tilidagi alternativlari bo‘lishi va muomalada shu so‘zlar ishlatilishi to‘g‘risida ma’lum qilgan. Bu haqda Nur.kz nashri xabar tarqatmoqda.

Vazirning so‘zlaridan g‘azablangan qozoq blogerlari esa bu e’lonni “mo‘ljalga olib”, mazkur masalada hukumatga yordam berish maqsadida, kinoya tarzida zamonaviy xorij so‘zlarining bir qancha talqindagi tarjimalari ro‘yxatini ishlab chiqishgan. Jumladan, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bir qancha xalqaro brend va so‘zlarning qiziqarli alternativlari o‘rin olgan surat e’lon qilingan.

Shunday qilib, qozog‘istonlik yoshlar Facebook’ni “Betkitap”, Windows’ni “Terezeler”, Whatsapp’ni “qalaysin”, smartfonni “aqiltelefon” deb tarjima qilishni taklif qilishmoqda. Bu takliflar ijtimoiy tarmoqlarda boshqa qozog‘istonliklarning zavqini qo‘zg‘ab, kulgusiga sabab bo‘lmoqda. Ular “Photoshop”, “CorelDraw” va “Instagram” kabi xalqaro nomlarni ham qozoq tiliga tarjima qilish kerakligini aytishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 yil avval qozog‘istonlik tilshunoslar alpinistni “asqarpaz”, balkonni “qiltima” va tabletkani “tүyme” deb tarjima qilib, internet foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lishgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!