Codecraft kurslariga to‘lovni endi Click orqali amalga oshirish mumkin

Codecraft kurslariga to‘lovni endi Click orqali amalga oshirish mumkin

Toshkent shahridagi Inha universiteti 2015 yilning yoz oyidan boshlab 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Codecraft vizual dasturlash kurslarini o‘tkazib kelmoqda edi. Kursning asosiy maqsadi – bolalarning barcha ijodiy salohiyatlarini kashf etgan holda kompyuter dasturi yordamida yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Kurs doirasida o‘g‘il-qizlar Scratch tilida dasturlash bo‘yicha saboq olishadi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Codecraft vizual dasturlash kurslariga to‘lov bo‘yicha yangi xizmatni ishga tushirdi.

Yangi xizmat mobil banking tizimi CLICK bilan hamkorlikda taqdim etilmoqda. Codecraft loyihasida farzandlarini o‘qitmoqchi bo‘lgan CLICK foydalanuvchilari ushbu tizim orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

To‘lovni amalga oshirish uchun foydalanuvchi www.codecraft.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Shartnoma olayotgan paytda to‘lov CLICK yordamida amalga oshirilishi to‘g‘risida Codecraft loyiha vakilini ogohlantirishi kerak. Codecraft ma’muri foydalanuvchi telefoniga to‘lov hisobini yuboradi.

Codecraft loyihasi rahbari Farxod Musayev shunday dedi: “Ushbu xizmat mijozlarimizga ta’lim to‘lovini amalga oshirish uchun qulaylik yaratishga qaratilgan. Biz uchun eng muhimi mijozlarimiz xizmat ko‘rsatishning hamma bosqichida mamnun bo‘lishlaridir.”

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.