Common Sense Media: kattalar o‘smirlardan ko‘ra ekran oldida ko‘p vaqt o‘tkazadi

Common Sense Media: kattalar o‘smirlardan ko‘ra ekran oldida ko‘p vaqt o‘tkazadi

Common Sense Media tashkiloti odamlarning smartfon, kompyuter va televizor ekranlari oldida qancha vaqt sarflashini aniqlash maqsadida AQSh aholisi o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi, deb yozmoqda Market Watch.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, odatda o‘smirlarning gadjetlar bilan ko‘p vaqt o‘tkazishidan noligan katta yoshdagi aholi vakillari bir sutka davomida o‘rtacha  9 soat 22 daqiqa turli qurilmalar ekrani oldida band bo‘larkan. Ushbu vaqtning 18 foizigina ish uchun sarf etilarkan, qolgan qismi esa turli “ijtimoiy faollik”ka bag‘ishlanadi (teleko‘rsatuvlar tomoshasi, videoo‘yinlar va internet). So‘rovda qatnashganlarning 50 foizi bir sutka mobaynida 8 soatda ko‘p ekranlar oldida vaqt o‘tkazishini ma’lum qilgan.

Bolalarga kelsak, ular kun davomida 4,5 soat, o‘smirlar esa 6,5 soat ekranlar oldida band bo‘lisharkan. Psixologlardan birini aytishicha, bunga u qadar salbiy yondashish kerak emas, sababi o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z do‘stlari bilan muloqot qiladi va bu ularga shaxs sifatida shakllanishga yordam beradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!