Cork – bo‘sh shishani karnayga aylantiradigan gadjet (video)

Cork – bo‘sh shishani karnayga aylantiradigan gadjet (video)

Ayni vaqtda jahonda istalgan joyda musiqadan zavqlanishga yordam beradigan juda ko‘p mobil karnaylar yaratilgan. Biroq ularning hammasi ham yetarli darajada baland tovushni ta’minlay olmaydi, yoki foydalanishda qulay emas.

Leedeyeon kompaniyasi mazkur muammoga butunlay o‘zgacha uslubda yondashdi va tovushni kuchaytirish uchun bo‘sh shishalardan foydalanadigan Cork nomli simsiz karnayni yaratdi. 4PDA nashrining ma’lum qilishicha, gadjetdagi ovoz shishaga yo‘naltirilganligi bois uning balandligi ortadi. Bas va ohang shishaning shakli va o‘lchamiga qarab o‘zgaradi. Shisha quti qanchalik yirik bo‘lsa, tovush balandligi va baslar shunchalik kuchayadi.

Gadjet smartfon yoki boshqa qurilmalarga Bluetooth orqali ulanadi. Karnayni bir marta zaryadlab, undan 10 soat davomida foydalanish mumkin. Zaryadlash esa microUSB port orqali amalga oshiriladi.

Model tez orada 43 dollar narxida sotuvga chiqadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.