CorsPower 7 fleshka va tashqi batareya vazifasini bajaradi

CorsPower 7 fleshka va tashqi batareya vazifasini bajaradi

CorsPower kompaniyasi ham tashki akkumulyator, ham fleshka vazifasini bajaradigan CorsPower 7 qurilmasini ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ishni boshlab yubordi, deb xabar bermoqda 4PDA.

CorsPower 7 gadjetiga LG tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 mA/st sig‘imli litiy-polimer akkumulyatordan tashqari, 256 GBgacha bo‘lgan fleshkalarni qo‘llab-quvvatlaydigan microSD slot ham o‘rnatilgan. Bu esa turli fayllarni smartfon, planshet yoki noutbukdan alohida joyda saqlash imkoniyatini beradi.

dH662vz14siFq7xUVbkFU9ALAm0GxDx

CorsPower 7 yordamida USB slot orqali bir vaqtda ikkita qurilmani zaryadlash mumkin. Bundan tashqari, gadjet simsiz zaryadlash funksiyasiga ega. Akkumulyator 1000 martalik zaryadlash siklida ham o‘z xususiyatlarini yaxshi saqlab qoladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!