Counterpoint: Ikki davlat sabab jahon smartfon bozorida ijobiy holat kuzatilmoqda

Counterpoint: Ikki davlat sabab jahon smartfon bozorida ijobiy holat kuzatilmoqda

Canalys va Strategy Analytics kompaniyalari global smartfon bozori tahlilini e’lon qilganidan so‘ng, Counterpoint Research ham aqlli mobil qurilmalarning butun jahon bo‘ylab savdolariga doir to‘liq tahlilini taqdim qildi.

Yuqoridagi ikki tahlilchi jahon smartfon bozorida o‘sish bo‘lganligi xabarini bergan. Lekin Counterpoint savdolarda deyarli o‘zgarish bo‘lmaganini aytmoqda. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, joriy moliya yilning uchinchi choragida dunyo bo‘ylab 379.8 million dona smartfon sotilgan, o‘tgan yilning mos davrida esa bu ko‘rsatkich 380 millionni tashkil etgan. Tahlil natijalaridagi bunday qarama-qarshilikka qaramay, har uchala kompaniya ham savdolarning ketma-ket yetti kvartal davom etgan keskin pasayishi va nihoyat yakunlangani borasida bir xil fikrda.Counterpoint tahlilchisi Shobhit Srivastavaning aytishicha, Hindiston va Xitoyda, ayniqsa, o‘sish kuzatilgan.

Biroq boshqa bozorlarda vaziyat unchalik ham yaxshi emas. Uchinchi chorakda Huawei Xitoyda katta muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa-da, Google ilovalarining mavjud emasligi sabab Yevropa, Lotin Amerikasi va O‘rta Sharqdagi savdolarda pasayish kuzatildi. Kompaniyaning AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi qurboniga aylangani raqib Samsung va Xiaomi'lar foydasiga ishladi.Counterpoint o‘z tahliliga boshqa ko‘plab brendlarni ham qo‘shgan. Realme'ning ko‘rsatkichlari a’lo darajada bo‘lgan, Tecno'ning smartfonlari savdosi ham ko‘tarilib, kompaniya kuchli o‘ntalikka kira olgan. LG va Motorola'da esa pasayish kuzatildi, Nokia esa o‘ntalikka kirmadi.

O‘QING: Uchinchi chorakda Samsung'ning daromadlari ham kamaydi, ham ko‘paydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!