Da Vinci Mini –arzon 3D printer

Da Vinci Mini –arzon 3D printer

Bugungi kunda 3D printing juda tez rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Biroq bunday texnologiyaning qimmatligi bois hozircha ko‘pchilik undan foydalana olmaydi. 3D modellarni faqat buyurtma asosida 3D printing xizmatlari yordamida chop qilish mumkin. The Verge nashrining yozishicha, mana shu omillarni hisobga olib, Da Vinci kompaniyasi arzon va ixcham 3D printerni ishlab chiqdi.

Mazkur 3D printer  Fused Filament Fabrication texnologiyasidan foydalanib, 1,75 milliterli tolalardan 0,1 mm aniqlikda buyumlarni chop qiladi. Printer bo‘lmachasi 5.9 x 5.9 x 5.9 dyuym o‘lchamida, Shuning uchun chop etiladigan mahsulot ham shu o‘lchamlarga mos kelishi talab etiladi.

xyz-da-vinci-junior-front-angle

Yangi Da Vinci Mini 3D printerining narxi 289,95 dollarni tashkil qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.