Dasturlash bo‘yicha 150 jamoa ishtirokida olimpiada o‘tkazildi

Dasturlash bo‘yicha 150 jamoa ishtirokida olimpiada o‘tkazildi

 

25-26 fevral kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturlash bo‘yicha TATU universiteti va uning hududiy bo‘linmalari, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o‘rtasidagi olimpiadaning final bosqichi o‘tkazildi. Bu to‘g‘rida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar tarqatmoqda.

2 bosqichda o‘tkazilgan turnirning ilk bosqichi 2017 yilning 11 fevralida onlayn shaklda tashkil qilingan. Unda TATU, uning hududiy bo‘linmalari, Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalaridan iborat 150 jamoa ishtirok etgan.

26 fevralda musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, turnirning mutloq g‘olibligi TATUning Urganch filiali nomidan qatnashgan «TUIT Urgench Branch #1» jamoasiga, ikkinchi o‘rin TATUning «Tashkent U of IT 1» hamda 3-o‘rin TATUning Urganch filialining «TUIT Urgench Branch #2» jamoalariga nasib etdi.

Dasturlash bo‘yicha olimpiada g‘oliblariga pul mukofotlari topshirildi. Taqdirlashda qayd etilganidek, bu turdagi tanlovlarni mamlakatimizning barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!