Dasturlashni Programmer Uz ta'lim platformasi bilan tez va sifatli o’rganing

  •   DiMaX
  •  2279
  •  24.04.2020 18:59

Dasturlashni Programmer Uz ta'lim platformasi bilan tez va sifatli o’rganing

Dasturlash murakkab jarayon. Lekin bu - kelajak sohasi. Ayrim hollarda, qiyin tanlovda qolishimiz mumkin: "Dasturlashni qayerda, tez va oson o’rganishim mumkin?" Uyda, qulay vaqtda va eng asosiysi, o’z ona tilimizda uni o’rganish uchun ta'lim platformasi ishlab chiqildi.

Tarmoqda rivojlanib borayotgan Programmer UZ loyihasi, hozirda, yuzlab bepul video darslar chiqargani va undan minglab o’rganuvchilar foydalanayotgani hech kimga sir emas. Hozirda bu loyiha butun bir platforma ko’rinishida namoyon bo’lib, har bir kurs uchun alohida strukturada shakllantirildi. Endilikda foydalanuvchilar faqatgina video-dars ko’ribgina qolmay, har bir darsning matn ko’rinishidagi ma’lumotlarini o’qishi, har dars so’ngida unga oid test va masalalar ishlab chiqishi, tushunmagan masalalarini ma’lum bir dasturlash tilida qanday ishlanishini ham ko’rishlari mumkin bo’ladi. Bundan tashqari, kurslar uchun yirik imtihon sistemasi ham yaratilib, barcha test va imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tganlar “Online sertifikat”larini qo’lga kiritishlari ham mumkin.

Bu hali hammasi emas. Loyiha “IT-baza”siga ham ega bo’lib, axborot texnologiyalari sohasidagi turli ma’lumotlarni osonlik bilan izlab topishlari, hatto, o’zlari ham bu bazaga ma’lumot qo’shishlari mumkin bo’ladi. Eng quvonarlisi shundaki, bularning barchasi o’zbek tilida.

Platforma Programmer UZ YouTube kanali bilan integratsiyalashgan bo’lib, bu tizim interfeysini sizga tanish muhitga olib kelishga va videolavhalardan qulay foydalanishga zamin yaratadi.

Shu sababli, tizimga kirish uchun loyihaning YouTube kanaliga obuna bo’lishingiz so’raladi: https://www.youtube.com/programmeruz

Hozirda o’rganish uchun resurslar ko’p, lekin sizni har bir darsda qo’llab-quvvatlaydigan ona tilingizdagi loyiha yagona – Programmer UZ. Ushbu loyiha doirasida “million dasturchilar” yetishib chiqishi ham shubhasiz.

Hoziroq bizning safga qo’shiling va kechagidanda yaxshiroq bo’ling!

Youtube kanalimiz: https://www.youtube.com/programmeruz

Loyihaning asosiy manzili: https://programmer.uz

Murojaat uchun: https://t.me/procontactbot

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!