Davlat xizmatlari markazlari endi onlayn navbatga turishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  1350
  •  25.10.2019 09:40

Davlat xizmatlari markazlari endi onlayn navbatga turishingiz mumkin!

Adliya vazirligiga qarashli Davlat xizmatlari agentligi mazkur sohani takomillashtirish va Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha doimiy ish olib boradi. Mijozlarga qulay bo‘lishi uchun, onlayn rejimda elektron navbat olish imkoniyati yaratildi, deyiladi Agentlik saytidagi xabarda.

O‘QING: DXA elektron ma’lumotlar portalini ishga tushirdi

Aytilishicha, ushbu tizim DXM elektron navbat platformasi bilan integratsiya qilingan.

Ayni paytda masofadan turib navbat chiptasini mamlakatimizdagi elektron navbat uskunalari o‘rnatilgan 110 ta Davlat xizmatlari markazlarida olishingiz mumkin. 2019 yil oxiriga qadar ushbu qulaylikni barcha DXMlarda joriy etish rejalashtirilgan.

Tasavvur qiling! Navbatingizni Davlat xizmatlari markaziga kelayotgan paytingizni o‘zida mobil telefoningiz orqali olishingiz mumkin. Bu esa vaqtingizni sezilarli darajada tejashga imkon beradi!

Buning uchun faqatgina www.davxizmat.uz saytiga kirishingiz kifoya. Tizim avtomatik tarzda eng yaqin joylashgan DXMni taklif etadi.

Quyida elektron navbatni bosqichma-bosqich olish qo‘llanmasi berilgan:

Shuningdek, 2019 yil 1 noyabrdan boshlab «Oldindan navbatga yozilish» funksiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Ya’ni, DXMga tashrifingizni o‘zingiz uchun qulay vaqt va kunni tanlab rejalashtirishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Nega O‘zbekistonda elektron hukumat to‘liq ishga tushirilmayapti?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.