Davlat xizmatlari portaliga milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

Davlat xizmatlari portaliga milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (YaIDXP) 2013 yilda ishga tushganidan buyon u yerga kelib tushgan murojaatlar soni bir milliondan oshdi, deb xabar qilmoqda Sof.uz.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, portalga kelib tushgan murojaatlarning 432,5 mingtasi jismoniy shaxslardan, 567,6 mingtasi yuridik shaxslar nomidan bo‘lgan. Undan tashqari 68 mingta murojaat telefon orqali “call-sentr”da qabul qilingan.

2016 yilning oktyabr oyida, interaktiv xizmatlar soni ko‘paytirilishi munosabati bilan Portalga bo‘lgan murojaatlar soni keskin oshgan. Bugungi kunda Portal orqali 600ga yaqin davlat muassasalari aholiga 300ga yaqin interaktiv xizmatlar  ko‘rsatishi mumkin.

Portalga qilinayotgan murojaatlar soni yil sayin bir necha barobar oshib bormoqda.