«Deloitte» xalqaro kompaniyalar tarmog‘i O‘zbekiston AKT bozoriga qiziqish bildirmoqda

  •   DiMaX
  •  959
  •  26.01.2018 11:07

«Deloitte» xalqaro kompaniyalar tarmog‘i O‘zbekiston AKT bozoriga qiziqish bildirmoqda

 O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari konsalting va audit sohasida xizmat ko‘rsatuvchi, audit kompaniyalari «katta to‘rtligi»ga kiruvchi «Deloitte» xalqaro kompaniyalar tarmog‘i vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Bobur Oqilxonov: «AQSh investorlari O‘zbekiston bilan jiddiy qiziqishayapti!»

Uchrashuvda O‘zbekistonda IT-sohasini rivojlantirish tamoyillari ishlab chiqilishi, xususan, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan AKTni rivojlantirish strategiyalarini tatbiq etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish jarayonida «Deloitte» kompaniyasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama etildi. Bunda ishlab chiqilayotgan tamoyillar telekommunikatsion infratuzilma, «Elektron hukumat» tizimi, axborot xavfsizligi, innovatsiyalar, pochta, logistika va elektron savdo, ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kabi yo‘nalishlarni qamrab olishi zarur.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 18 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan AKTni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga yuklangan.

O‘QING: Bugun o‘tgan yig‘ilishda Prezident O‘zbekistonda internet tezligini 4 barobarga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.