Devid Guetta sun'iy intellekt yordamida Eminem'ning ovozini soxtalashtirdi

Devid Guetta sun'iy intellekt yordamida Eminem'ning ovozini soxtalashtirdi

Fransiyalik DJ va musiqa prodyuseri, Devid Guetta, o'zining fevral oyi boshidagi chiqishlarining birida mashhur repper Eminemning ovozi dipfeyk qilingan musiqani ommaga taqdim qildi.

"Men hazil sifatida bir narsa yaratdim va u juda yaxshi ishladi. Bunga o'zim ham ishonolmayman. Men o'sha AI (sun'iy intellekt, SI) haqidagi veb-saytlarni topib oldim; asosan, siz o'zingiz yoqtirgan har qanday san'atkor uslubida qo'shiq matnini yozishingiz mumkin. Shunday qilib, men ""Future Rave" haqida Eminem uslubida she'r yoz" deb yozdim. Va men ovozni qayta yarata oladigan boshqa AI veb-saytiga bordim. Men unga matnni kiritdim... Va men qo'shiqni qo'ydim va odamlar aqldan ozishdi!" deydi u.

Devid Guetta aynan qaysi sun'iy intellekt platformalaridan foydalanganligini ochiqlamagan, lekin Internet aholisi so'zlariga ko'ra, u qo'shiq matnini yozish uchun ChatGPT, uni Eminem ovoziga aylantirish uchun esa Uberduck yoki FakeYou'dan foydalangan.

Marshall Meters yoxud Eminem esa haligacha boshqalar uning ovozidan ruxsatsiz foydalanganiga munosabat bildirganicha yo'q. Shunga qaramay, Guetta qo'shiqni sotuvga chiqarmasligini ma'lum qilgan.

O'QING: Samsung ham "sun’iy intellekt integratsiyalashuvi poygasi"ga qo‘shilishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!